Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Respublikamizda pilla yetishtirish bo‘yicha qaysi hudud yetakchi?
15:45 / 2025-09-10

Pillachilik bir necha ming yillik tarixga ega soha bo‘lib, bugun ham mamlakatimiz iqtisodiyotida serdaromad tarmoqligi bilan muhim o‘rin tutadi.

Pillachilikni rivojlantirish maqsadida keyingi yillarda Prezidentimizning qator farmon va qarorlari qabul qilindi. Soha ishini zamon talablari asosida tashkil etish, eng muhimi, bundan xalqimiz manfaatdorligini oshirish va davlatimiz iqtisodiyotini mustahkamlash uchun yaqin va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan dasturlar ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etilmoqda.

Hozirda mamlakatimizning pillachilikdagi salmog‘i Xitoy va Hindistondan keyin 3-o‘rinda turadi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–iyun oylarida respublika bo‘yicha jami 30,1 ming tonna pilla xomashyosi tayyorlangan. Bu ko‘rsatkich 2024 yil bilan solishtirilganda 0,4 foizga oshgan.

Hududlar kesimida yetishtirilgan pilla xomashyosi hajmiga nazar tashlasak, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 ming tonna, Andijonda 3,9 ming, Buxoro 3,2 ming, Jizzaxda 0,9 ming, Qashqadaryoda 2,9 ming, Navoiyda 1,3 ming, Namanganda 2,5 ming,  Samarqandda 3,9 ming, Surxondaryoda 2,3 ming, Sirdaryoda 0,7 ming, Toshkent viloyatida 2,1 ming, Farg‘onada 2,9 ming hamda Xorazm viloyatida 2,5 ming tonna pilla yetishtirilgan.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA