Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Respublikada 2021 yil hosili uchun 23 ming tonnadan ziyod poliz ekinlari urug‘i yetishmaydi
19:18 / 2021-02-02

Tahlil natijalariga ko‘ra, respublikaning barcha hududlarida 2021 yilda asosiy maydonlarga 130 ming gektar sabzavot ekinlari ekilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu maydonlarga ekish uchun 9 ming 573 tonna urug‘lik talab etiladi. bugungi kunda ushbu urug‘liklarning 9 ming 487 tonnasi mavjud bo‘lib, 86 tonna urug‘liklar yetishmasligi ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, 65,2 ming gektar maydonga poliz ekinlari ekilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu maydonlarga ekish uchun talab etiladigan 303 tonna urug‘liklarning 48 tonnasi hamda 47,8 ming gektar kartoshka ekiladigan maydonlarga talab etiladigan 144,7 ming tonna urug‘liklarning 23,4 ming tonnasi yetishmasligi aniqlandi.

Bundan tashqari, joriy yilda bog‘-tok qator oralariga 54,1 ming gektar sabzavot ekinlari ekilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu maydonlarga ekish uchun 5 ming 22 tonna urug‘lik talab etiladi. bugungi kunda ushbu urug‘liklarning 5 ming 10 tonnasi mavjud bo‘lib, qolgan 12 tonna urug‘liklar yetishmasligi ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, 6 ming gektar maydonga poliz ekinlari ekilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu maydonlarga ekish uchun talab etiladigan 31,1 tonna urug‘liklarning 22,4 tonnasi hamda 3,3 ming gektar kartoshka ekiladigan maydonlarga talab etiladigan 9,6 ming tonna urug‘liklarning 1,6 ming tonnasi yetishmasligi aniqlandi.

O‘zagroinspeksiya tomonidan ushbu yetishmaydigan urug‘liklarni, ekish mavsumi boshlangunga qadar fermer xo‘jaliklariga yetkazib berish choralarini ko‘rish yuzasidan mahalliy hokimliklarga tegishli tartibda ogohlantirishlar berildi.

«O‘zagroinspeksiya» Axborot xizmati