English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Respublika yoshlar ovozi» festivalida Qoraqalpog‘istondan kimlar ishtirok etishi ma’lum bo‘ldi
19:08 / 2021-03-17

Qoraqalpoq davlat Yosh tomoshabinlar teatrida ikki kun davom etgan «Respublika yoshlar ovozi» festivalining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi yakunlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, Madaniyat vazirligi tomonidan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda Orolbo‘yining barcha shahar va tumanlaridan kelgan 500 nafarga yaqin ishtirokchi kasting shaklida «baxshichilik va an’anaviy ijro», «opera» va «estrada» yo‘nalishlarida o‘z mahoratlarini namoyish etdi. Hay’at a’zolari ijro etilgan qo‘shiqning yangiligi, so‘zining ta’sirchanligi, badiiy obrazga boyligi, ishtirokchining ovozi, sahna madaniyati va ijro mahoratiga alohida e’tibor qaratdi.

«Bo‘zatov iqtidorlarni kashf etadi!» shiori ostidagi festivalning hududiy bosqichi yakunida 5-15 yoshdagilar o‘rtasida baxshichilik va an’anaviy ijro yo‘nalishida Bayram Jangaboyev, opera yo‘nalishida Nishanbek Mirzaboyev, estrada yo‘nalishida Miyassar Dao‘letboyeva, 16-30 yoshdagilar o‘rtasida baxshichilik va an’anaviy ijro yo‘nalishida Muxammed To‘rebekov, opera yo‘nalishida Shiraz Tursinboyev, estrada yo‘nalishida Musag‘aliy Moldaboyevlar birinchi o‘rinlarni egalladi.

Barcha yo‘nalishlar bo‘yicha g‘oliblar joriy yil iyun oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bo‘zatov tumanida mamlakatimiz miqyosida bo‘lib o‘tadigan «Respublika yoshlar ovozi» festivaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA