Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Respublika sud ekspertizasi markaziga press-tur
16:55 / 2022-06-28

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Xadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markaziga jurnalistlar uchun press-tur tashkil etildi.

Press-tur davomida markazda amalga oshirilayotgan islohotlar, yangi joriy etilgan ekspertiza turlari, takomillashtirilgan zamonaviy moddiy-texnik baza hamda “Anonim” DNK tadqiqotini o‘tkazish tartibi xususida ma’lumot berildi. 

Qayd etilishicha, barcha sohalar qatori sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish borasida ham zaruriy islohotlar amalga oshirilib, sud ekspertizalarining samaradorligini oshirish, sohani zamonaviy, yuqori aniqlikdagi tahlil vositalari bilan jihozlash orqali odil sudlovni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

Ayniqsa, keyingi besh yilda sud ekspertizasini rivojlantirish yangi bosqichga ko‘tarilib, Prezidentimizning ushbu sohani yanada takomillashtirishga oid tegishli qaror va farmonlari qabul qilindi, qonunchilikka jiddiy o‘zgartirishlar kiritildi. 

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi “Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan mamlakatimizda ilk bor nodavlat tashkilotlar tomonidan sud-ekspertlik faoliyatini amalga oshirishning huquqiy asoslari yaratildi va Hukumatimizning 2020 yil 24 martdagi tegishli qarori bilan nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyati tartibga solinib, hozirgi kunda 3 ta nodavlat sud ekspertiza tashkilotlarida 19 nafar nodavlat sud ekspertlari tegishli faoliyat olib bormoqda. 

Markaz laboratoriyalarini xalqaro standartlarga moslashtirish maqsadida 2020 yilda BMTning Giyohvandlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi ko‘magida ISO/IEC-17025 xalqaro standartiga muvofiq akkreditatsiya qilinib, muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘ldi. Mazkur akkreditatsiya markazga tadqiqotlarni xalqaro standartlar darajasida bajarish imkonini beradi. Bu esa laboratoriyalar tomonidan berilgan xulosalarning xalqaro miqyosda shubhasiz tan olinishi, fuqarolarning huquq va manfaatlarini nafaqat mamlakat hududida, balki xalqaro sudlarda ham ishonchli himoya qilinishi hamda odil sudlov ta’minlanishiga xizmat qiladi. 

Press-tur davomida sud ekspertiza faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiya yutuqlarini joriy etish maqsadida joriy etilgan “Sud ekspertizalari hisobi” va “Elektron ta’lim platformasi” axborot tizimlari hamda aholiga sud-ekspertlik sohasiga doir ma’lumotlarni tezkor yetkazishga qaratilgan “sudexpert.uz” axborot portallari faoliyati haqida ma’lumot berildi. 

Institut sud-ekspertlik faoliyati sohasiga zamonaviy ilmiy yondashuvlarni qo‘llash orqali uning samaradorligini oshirish, ushbu sohadagi ilmiy-tadqiqot ishlarini yangi bosqichga ko‘tarish, davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga ilmiy-uslubiy jihatdan ko‘maklashish, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlarning malakali sud ekspertiza xulosalariga bo‘lgan ehtiyojlarini doimiy ravishda o‘rganish orqali sud ekspertizasining yangi turlari hamda uslubiyotlarini ishlab chiqish va bosqichma-bosqich amaliyotga tatbiq etish, rivojlangan axborot texnologiyalari va innovatsiyalarni keng joriy qilish kabi vazifalarni bajaradi.

D.Mamatova,  
O‘zA muxbiri