Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Respublika stomatologlarining ilmiy-amaliy anjumani
10:42 / 2023-11-19

Qozon federal universitetining Jizzax shahridagi filialida “Stomatologiyaning dolzarb muammolari, yuqori lab va tanglay kemtiglarini davolashning zamonaviy jihatlari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Stomatologlar assotsiatsiyasi, Rossiyaning Qozon federal universiteti Jizzax filiali, Toshkent davlat stomatologiya instituti hamkorligida tashkil etilgan ushbu anjumanda Rossiyadagi Patris Lumumba nomidagi Xalqlar do‘stligi universiteti, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan tibbiyot oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari, sohaning respublikamizdagi yetuk mutaxassislari, QFU Jizzax filiali ilmiy jamoasi, magistrant va talabalar ishtirok etdi.  

Ilmiy-amaliy konferensiyaning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Stomatologlar assotsiatsiyasi raisi, tibbiyot fanlari doktori A.Hasanov, Jizzax viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i O.Mahmudova, QFU Jizzax filiali ijrochi direktori, texnika fanlari doktori, professor O.Bobomurodov va boshqalar so‘zga chiqib, stomatologiyaning dolzarb muammolari, yuqori lab va tanglay kemtiglarini davolashning zamonaviy jihatlari, soha uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha respublikamizda faoliyat yuritayotgan tibbiyot oliy o‘quv yurtlari o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish ahamiyati haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

“O‘zbekistonda stomatologik fizioterapiyaning dolzarb muammolari va zamonaviy jihatlari”, “Bemorlarda yuqori lab va tanglay kemtigini jarrohlik davosidan so‘ng burun deforatsiyasini estetik va funksional reablitatsiyasi”, “Ko‘krak yoshidagi bolalarda tishlar taraqqiyotining kilinik-morfologik xususiyatlari”, “Firtel yoshidagi ayollardagi  ortopedik stomatologik salomatligini o‘rganish natijalari” kabi mavzularda  dolzarb ma’ruzalar tinglandi.  

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida hamkorlik memorandumlari  imzolandi.  

[gallery-14666]

O‘zbekison stomatologlarining respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi yakunida Rossiyaning Patris Lumumba nomidagi Xalqlar do‘stligi universiteti professori T.Melkumyan rahbarligida stomatologiya sohasining olim va yetuk mutaxassislari bilan birgalikda “Yopishtiruvchi tizimlar 5-avlodi” mavzusida Qozon federal universiteti Jizzax filiali talabalari hamda respublika tibbiyot oliy ta’lim muassasalaridan kelgan yosh shifokorlar uchun malaka saboqlari o‘tkazildi.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat),

O‘zA muxbirlari