Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm filialiga direktor tayinlandi
13:43 / 2023-04-01

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm filiali shoshilinch xirurgiya bo‘limi mudiri lavozimida ishlab kelgan Bekchanov Husan Nurullayevich ushbu filial direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati ma’lum qildi.

H.Bekchanov 1979 yilda Bog‘ot tumanida tug‘ilgan. 2003 yilda 1-Toshkent davlat tibbiyot institutini, 2006 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasida xirurgiya yo‘nalishi magistraturasini tamomlagan.

Tibbiyot fanlari nomzodi bo‘lgan mutaxassis faoliyati davomida akademik V.Vohidov nomli respublika ixtisoslashtirilgan  xirurgiya ilmiy amaliy tibbiyot  markazi jarrohi, Toshkent viloyati o‘sma kasalliklar dispanseri birinchi jarrohlik bo‘limi mudiri lavozimlarida ishlagan.

H.Bekchanov 2003 yildan beri Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm filiali shoshilinch xirurgiya bo‘lim mudiri lavozimida  mehnat qilib kelayotgan edi.

O‘zA