French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi – sogʻliqni saqlash sohasidagi eng yirik va ijtimoiy ahamiyatga ega tuzilma
13:15 / 2022-01-01

Oʻzbekiston tibbiyoti – inson qadri uchun

Qishning sovuq kunlari. Yaqin kunlarda yoqqan qor hamon u yer, bu yerda saqlanib qolgan. Soat 10:00. Zamonaviy mikroavtobusda manzil sari yoʻlga chiqdik. Davlatimiz rahbarining tibbiyot xodimlari bilan oʻtkazilishi rejalashtirilgan “Ochiq muloqoti” doirasida mamlakatimizning yetakchi ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda blogerlardan iborat jamoa poytaxtimizda joylashgan eng yirik shifo maskanlari faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida yigʻilganmiz.

Yoʻl-yoʻlakay press-tur dasturi bilan tanishaman. Unga koʻra, biz boradigan dastlabki manzil – Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi. Sogʻliqni saqlash sohasidagi eng yirik va kuchli ijtimoiy ahamiyatga ega tuzilma ham aynan shu, deya oʻylayman. Tibbiyot sohasida olib borilayotgan islohotlarni katta qiziqish bilan kuzatib boruvchi jurnalist sifatida ushbu shifo maskani haqida bilganlarimni sizga ham ulashaman.

Bilasizmi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (RSHTYOIM) koʻp tarmoqli tibbiyot markazi boʻlib, u shoshilinch tibbiy yordamning barcha yoʻnalishlari boʻyicha, shu jumladan, kattalar va bolalar uchun jarrohlik, terapevtik, pediatrik, kuyish-toksikologik hamda favqulodda va ixtisoslashgan tibbiy yordam koʻrsatadi. Bugungi kunda yurtimizda viloyat va tumanlardagi ixtisoslashgan markazlar filiallari va boʻlimlardan iborat eng yuqori talablarga mos yagona shoshilinch tibbiy yordam xizmati tatbiq etilgan.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va unga biriktirilgan respublika sanitar aviatsiyasi hamda Toshkent shahrining “103” xizmati SHTYOXning bosh muassasasi hisoblanadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda tashkil qilingan Markazning 13 filialida maxsuslashtirilgan shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatiladi. Bundan tashqari, mamlakatimizning 179 ta aholi punktida RSHTYOIMning subfiliallari – shoshilinch tibbiy yordam boʻlimlari faoliyat olib bormoqda. Ushbu statsionarlardan tashqari, tizimga “103” – tez tibbiy yordam xizmati, sanitar aviatsiyasi va favqulodda vaziyatlarda aholini tibbiy taʼminlash xizmati ham biriktirilgan.

Mana, markazga ham yetib keldik. Bizni bu yerda tibbiyot muassasasi masʼul xodimlari kutib olishdi. Tashrifimiz ularni mamnun qildi.

– Soʻngi yillarda markazimiz faoliyatida keskin oʻzgarishlar kuzatildi, – deydi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi direktori Doniyor Alimov. – Shifokorlar hamda bemorlarga yaratilgan qulayliklar, sharoitlar boʻlganidan keyin aholimizga yorugʻ yuz bilan sifatli xizmat koʻrsata olyapmiz. Aksariyat xalqimiz tibbiyot sohasi, umuman markazimiz haqida ham avvalgi taassurotlari bilan yurgan boʻlishlari mumkin. Ammo hozir oʻzlaringiz ham guvohi boʻlasizlar, muassasamizda zamon talablariga monand xizmat yoʻlga qoʻyilgan. Eng soʻnggi diagnostika va tibbiy apparaturalar bilan jihozlangan. Buni albatta, xalqimiz bilishi zarur.

Dastlab, konferens-zalida jurnalistlarga shifoxona haqida, soʻngi yillarda amalga oshirilgan ishlar, oxirgi olti oy mobaynida qoʻlga kiritilgan yutuqlar xususida maʼlumot berildi. Taʼkidlanishicha, birgina 2020-yilda ushbu tizim muassasalariga 13 milliondan ziyod bemor murojaat qilgan. 2021-yilning 11 oyi mobaynida umumiy murojaatlar soni 10 milliondan ortiqni tashkil etdi, ikki yarim milliondan ziyod bemorga statsionar muassasalarda yordam koʻrsatildi.

RSHTYOIM, uning filiallari va subfiliallarida yiliga 217 mingdan ortiq bemorga statsionar sharoitda murakkab xirurgik amaliyotlar oʻtkaziladi, undan tashqari yana 268,1 mingdan ortigʻiga ambulator amaliyotlar bajarilmoqda. Tizimda 87,5 ming nafarga yaqin xodim faoliyat olib bormoqda, shu jumladan, shifokorlar soni 16,7 mingdan ziyod, hamshiralar esa 52,4 mingdan ortiq. Hozirgi kunda kadrlar bilan taʼminlanganlik darajasi 98 foizni tashkil etmoqda.

Darvoqe, Yangi yil bayrami mamlakatimizda ham keng nishonlanishini inobatga olib, markaz xodimlarini savolga tutdik.

– Har bir xonadonda bayramona muhit yaratilib, dasturxonga eng tansiq taomlar tortiq qilinadi. Yangi yil kirib kelishi bilan, mushakbozliklar boshlab yuboriladi. Bu kabi jarayonlarda ayrim koʻngilsiz hodisalar ham uchrab turadi. Aksariyatimizda ovqat tanovul qilish borasida odatiy rejimning buzilishi natijasida hazm qilish muammolari bilan bogʻliq noxushliklar kuzatilsa, ayrim kishilarning pirotexnika vositalaridan notoʻgʻri foydalanishi tufayli kuyish tan jarohatini olish holatlari uchraydi, toʻgʻrimi?

– Hech kimga sir emaski, Yangi yilda tez tibbiy yordamga chaqiriqlar soni keskin oshadi. Ular asosan ikki holatda: pirotexnika vositalaridan kuyish hamda intoksikatsiya, yaʼni koʻp ovqat isteʼmol qilish natijasida organizmning hazm tizimida muammolar yuzaga kelishi natijasida kelib chiqadi, – deydi Markaz direktori Doniyor Alimov.

– Bunday vaziyatda bemorga albatta, birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilishi kerak. Prezidentimizning tegishli farmoniga koʻra, Yangi yil bayramida ish haftasining davomiyligidan qatʼi nazar barcha xodimlar ketma-ket 5 kun, yaʼni 31-dekabrdan 4-yanvarga qadar dam olishi belgilangan. Xoʻsh, bunday vaziyatda shoshilinch tibbiy yordam muassasalari qanday tartibda ishlaydi, – degan savol bilan yana mutaxassislarga yuzlandi hamkasblarimdan biri.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi mutasaddilarining maʼlum qilishicha, markaz va uning hududlardagi 13 ta filiali hamda 180 ta aholi punktida joylashgan subfiliallari doimiy shay holatda. Ularda 24 soat davomida navbatchi brigadalar, yaʼni malakali shifokorlar va hamshiralar sifatli tibbiy xizmat koʻrsatadi. Oʻz navbatida, markaz rahbariyati – bosh direktor, direktor, bosh shifokor va direktor oʻrinbosarlaridan iborat shtab tuzilgan. Ular ham navbatchilik asosida faoliyat koʻrsatadi. Yangi yil bayrami munosabati bilan eʼlon qilingan 5 kunlik dam olish sanalarida xuddi shu tartib amal qiladi. Bundan tashqari, mamlakatimiz boʻylab 2 ming 861 ta tez tibbiy yordam brigadasi zarur dori-darmonlar bilan taʼminlangan. Shoshilinch va tez tibbiy yordam tizimida faoliyat koʻrsatayotgan qariyb 17 ming nafarga yaqin shifokor va 52 ming nafardan ziyod hamshiralarga ham zarur koʻrsatmalar berilgan.

Tez tibbiy yordamda “Damas” rusumli avtomobillardan butunlay voz kechilmoqda

Mamlakatimizda sogʻliqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar barchamiz uchun oʻta muhim va har birimizga daxldordir. Ayniqsa, buni bemor boʻlgan inson, shifo maskanlarida shifo istab, shifokorlardan najot kutayotganlar juda yaxshi his qilishadi. Issiq jonmiz, kasal boʻlmaslikka, ertaga shu bemorlarning oʻrnida biz boʻlmasligimiz mumkinligiga kafolatlanmaganmiz. Ammo bir narsa borki, ertangi kunga, sifatli, kafolatlangan tibbiy xizmat olishga boʻlgan ishonch koʻngilni xotirjam qiladi.

Keyingi yillarda Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash sohasidagi yangilanishlar tizimning barcha yoʻnalishlarini qamrab olmoqda. Tibbiyotning uch bosqichli milliy modeli – birlamchi tibbiy sanitariya, shoshilinch tez tibbiy yordam va ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmat tizimini yanada takomillashtirish choralari koʻrilmoqda.

Ayniqsa, shoshilinch tez tibbiy yordam koʻrsatish xizmati va sifatini oshirishga juda katta eʼtibor qaratildi va mazkur yoʻnalishni rivojlantirish uchun keng koʻlamli ishlar qilindi. Shoshilinch tez tibbiy yordam – oʻz nomi bilan kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordamdir. Bunday vaziyatda hatto soniyalar muhim rol oʻynaydi. Shoshilinch tez tibbiy yordamga muhtoj bemorga qancha erta tibbiy yordam koʻrsatilsa, bir jonning hayotini saqlab qolish ehtimoli katta boʻladi.

Bu borada birinchi galda mamlakat tez tibbiy yordam xizmatining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va mutaxassislar masʼuliyatini, malakasini oshirish muhim vazifadir. Ana shularni teran his qilgan holda Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil qilindi.

Bilasizmi, TTYOXning avtotransport bilan toʻliq taʼminlanishi brigadalarning chaqiriqlarga kechikish holatlarini sezilarli kamaytirdi. Birgina mazkur muammoning bartaraf etilishi inson qadrini ulugʻlashga qoʻyilgan eng muhim birinchi qadamdir. Kechikish holatlarini yanada kamaytirish va iloji boricha bartaraf qilish maqsadida mavjud 2 ming 685 brigadadan 1 ming 666 tasining dislokatsiya nuqtalari uzoq hududlarda joylashgan aholi punktlariga yaqinlashtirildi.

Jumladan, tugatilgan 441 ta qishloq vrachlik punktlari oʻrnida tez tibbiy yordam shoxobchalari tashkil qilindi va ularga bittadan brigada biriktirildi. Shuningdek, 793 ta qishloq oilaviy punktlari va Toshkent shahrining 63 ta poliklinikalari qoshida ham xuddi shunday shoxobchalar tashkil qilindi. Natijada, tez tibbiy yordam brigadalarining xizmat koʻrsatish hududi radiusi oʻrtacha 15-20 kmdan 8-12 kmgacha qisqartirildi.

Shunday qilib, bugungi kunga kelib mamlakatimizda “Tez yordam” shoxobchalari 1 ming 666 taga yetdi. 2016-yilda esa ularning soni atigi 800 ta edi. Tez tibbiy yordam brigadalari 2016-yilda jami 1 ming 648 tani tashkil qilgan boʻlsa, hozirgi kunda 2 ming 685 taga yetgan. 2016-yilda Toshkent shahri tez yordam tarmogʻida bor yoʻgʻi 4 ta reanimobil bor edi. 2020-yil davomida Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasiga 150 dona «Ford» rusumli reanimatsion tibbiy apparatlar bilan jihozlangan tez tibbiy yordam avtomashinalari xarid qilindi, 2021-yilning sentyabr oyida 100 dan ziyod “VW Caddy” rusumli avtomashinalar joylarda xizmatga topshirildi. Bugun esa respublikaning tez tibbiy yordam xizmatida 435 dan ortiq reanimobil mavjud. Asta-sekin tez tibbiy yordamda “Damas” rusumli avtomobillardan butunlay voz kechish rejalashtirilmoqda.

Mazkur raqamlar tizimning operativligi, natijadorligi oshganini anglatadi. Natijada esa tez tibbiy yordamning kechikishlari 10-12 foizdan 1-2 foizgacha kamaydi. Chaqiriqlarga yetib borish vaqti oʻrtacha 25-30 daqiqa boʻlgan boʻlsa, hozir atigi 8-12 daqiqani hosil qiladi.

Kafolatlangan tibbiy xizmat – ertangi kunga ishonch

Shifoxona faoliyati bilan tanishish jarayonida dorilar taʼminoti, dori preparatlarining saqlanish tartibi bilan ham qiziqdik.

– Tez tibbiy yordam xizmatini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlash jarayonini markazlashtirish natijasida bir chaqiriq uchun ajratilgan dori vositalari qiymati har yili kamida ikki barobar oshirib borilishiga erishildi, – deydi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori Davron Tulaganov. – Jumladan, 2016-yilda “Tez tibbiy yordam” tizimida bitta chaqiriqqa dori-darmon uchun ajratilayotgan mablagʻ 500 soʻmni tashkil etsa, ayni paytda ushbu koʻrsatkich oʻrtacha 6 ming 500 soʻmni tashkil etadi.

Sohada shunday yangiliklar, tartiblar joriy qilindiki, shu yurt fuqarosi ekanligingdan, qadr topayotganingdan, kafolatlangan tibbiy xizmat olishing mumkinligidan ertangi kunga ishonching paydo boʻladi.

Bilasizmi, endilikda shoshilinch va kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordam mulkiy shakli va boshqaruvidan qatʼiy nazar barcha tibbiyot muassasalarida aholiga bepul koʻrsatilishi va hayot uchun xavf tugʻdiruvchi holatlarda tibbiyot muassasalariga shoshilinch tibbiy yordam soʻrab murojaat qilgan shaxslarga malakali tibbiy yordam koʻrsatishni rad etish taqiqlanadi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi “Shoshilinch tibbiy yordam tizimini jadal takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan belgilab qoʻyildi.

Mazkur yangi yuridik-huquqiy yangilikni hayotga tatbiq etish maqsadida Respublika ixtisoslashtirilgan markazlari uchun va alohida shoshilinch postlari boʻlmagan tibbiyot tashkilotlari uchun shoshilinch va kechiktirib boʻlmaydigan holatlar roʻyxati ishlab chiqildi va sogʻliqni saqlash vazirining 2018-yil 23-fevraldagi tegishli buyrugʻiga binoan tasdiqlandi. Shoshilinch va kechiktirib boʻlmaydigan holatlarda tibbiy yordam koʻrsatish uchun zarur boʻlgan dori vositalari va tibbiy buyumlar roʻyxati ham tasdiqlandi. Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi Qonun loyihasi tegishli idoralar bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.

Jigar va buyrak koʻchirib oʻtkazish operatsiyasi bepul amalga oshirilmoqda. Shoshilinch tibbiy xizmat tizimida amalga oshirilgan islohotlar koʻpgina bemorlarning turli xastaliklar bilan erta vafot etishining oldini oldi. Keyingi yillarda turli zamonaviy tibbiy texnika vositalari bilan jihozlangan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning hududlardagi filiallarida turli murakkab jarrohlik amaliyotlari oʻtkaziladigan boʻldi. Albatta, bunda u yerdagi malakali mutaxassislarning xizmatlarini unutmaslik zarur.

Diagnostika va davolash jarayoniga bir qator innovatsion usullar va tashkiliy yechimlar tatbiq qilindi. Xususan, umurtqa pogʻonasini nostabil sinishlari tufayli oʻlim va chuqur nogironlik koʻrsatgichlari 40-50 foizni tashkil etar edi. Ammo Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining barcha hududlardagi filiallarida umurtqalarning nostabil sinishlarini xirurgik davolashning zamonaviy transpedikulyar metallokonstruksiya bilan mustahkamlash usullari tatbiq qilindi. Bu esa yuqoridagi koʻrsatkichlarning sezilarli darajada kamayishiga olib keldi. Bundan tashqari, ilgari markazlarda tos-son boʻgʻinini endoprotezlash amaliyotlari son suyaklari sinishlari oʻtkir davrida oʻtkazilmas edi. Bugungi kunda tos-son boʻgʻinini endoprotezlash amaliyotlari ish jarayoniga tatbiq etilgan.

Shuningdek, Markaziy Osiyoda birinchi boʻlib bosh miyaning qon-tomir nuqsonlarini (anevrizma, malformatsiyalar, Moya-Moya kasalligi) diagnostika qilish va xirurgik davolashning eng zamonaviy yuqori texnologik usullari hamda yuqori texnologik koʻp tomirli aorto-koronar shuntlash operatsiyasi bajarilgan boʻlib, ularning 98 foizi ishlab turgan yurakda bajariladigan boʻldi.

Ilgari buyrak va jigar yetishmovchiligida organ transplantatsiyasi amaliyotlari oʻtkazilmasdi. Buning natijasida koʻpgina vatandoshlarimizning erta vafotiga olib kelar yoki katta mablagʻ evaziga xorijiy mamlakatlarda operatsiya qildirib kelinishiga toʻgʻri kelardi. Eng quvonarli yangiliklardan biri ayni paytda esa bu ikki murakkab amaliyot yurtimizda ham amalga oshirilmoqda. Aynan RSHTYOIM transplantologiya boʻlimida buyrak koʻchirib oʻtkazish amaliyoti oʻtkazilmoqda. Ayni paytda oʻtkazilgan buyrak transplantatsiyasi amaliyotlari soni 130 dan oshgan. Bu yildan esa har yili 100 ta shunday murakkab jarrohlik amaliyoti oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda.

Shoshilinch tibbiy yordam xizmati takomillashtirilgani natijasida 2016-yil shikastlanishlar oqibatidagi bolalar oʻlimi koʻrsatkichi 19 foiz, nogironlik ulushi 30 foizni tashkil qilgan boʻlsa, bu koʻrsatkich ayni paytda 19 foizdan 12 foizgacha, nogironlik esa 30 foizdan 22 foizgacha pasaydi.

Koʻrib, guvohi boʻlganimizdek, tez tibbiy yordam, shoshilinch tibbiy xizmatning faoliyati keyingi toʻrt yilda yangi bosqichga koʻtarilgani aholiga tez va samarador, sifatli tibbiy yordam koʻrsatilishiga zamin yaratmoqda. Bu esa xalqning davlat va sohadan rozi boʻlishi yoʻlida xizmat qilishi shubhasiz.

Press-tur ishtirokchilari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi hududida qurilgan 75 oʻrinli 5 qavatli yangi binoda ham boʻldik. Shoshilinch tibbiy yordamdagi eng noyob sohalarni – kardioxirurgiya, neyrovaskulyar xirurgiya hamda transplantologiya sohalarini qamrab oladigan mazkur markaz qurilishi va jihozlanish qiymati 202 milliard soʻmdan ziyod ekan. Binoning ochilishi 2022-yilning 1-kvartalida va toʻliq ish hajmi natijasida kardioxirurgiya boʻlimida yiliga 700 dan ortiq koʻtariluvchi aorta va yurak klapanlarni protezlash, koʻp tomirli aorto-koronar shuntlash operatsiyalarini amalga oshirish imkoniyati paydo boʻladi.

Taqqoslash uchun aytib oʻtish joiz, hozirgi sharoitda 300 dan ziyod amaliyot bajariladi. Transplantologiya boʻlimida yiliga 300 dan ziyod buyrak va jigar boʻlagini koʻchirib oʻtkazish amaliyotlari bajarilishi uchun barcha sharoitlar yaratilinadi. Hozirgi vaqtda esa yiliga 100 ta amaliyot bajarilmoqda. Neyro-qon tomir xirurgiyasi boʻlimida bosh miyaning qon tomir nuqsonlarini xirurgik davolash natijasida yiliga 200 dan ziyod chuqur nogironlikka mahkum boʻlgan bemorlarga noyob amaliyotlar oʻtkaziladi. Intervension muolajalar boʻlimida har yili qoʻshimcha mingdan ziyod oʻtkir koronar sindrom, bosh miya qon aylanishining oʻtkir buzilishida yuqori darajadagi minimal invaziv diagnostika va davolash muolajalari oʻtkaziladi.

Bu esa, oʻz navbatida, kasallanish, oʻlimga olib keluvchi holatlarning qisqarishiga va nogironlikni kamayishiga olib keladi hamda sogʻliqni saqlash tizimi oldiga qoʻyilgan aniq vazifalarni bajarishga xizmat qiladi.

Sogʻliqni saqlash sohasidagi eng yirik va oʻta kuchli ijtimoiy ahamiyatga ega tuzilmalardan biri boʻlgan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi faoliyati tom maʼnoda press-tur ishtirokchilarining hayrati, quvonchi, ham ertangi kunga boʻlgan ishonch va umidini yanada kuchaytirdi. Ana shunday koʻtarinki kayfiyatda navbatdagi manzil sari yoʻl oldik...

Mohigul Qosimova, OʻzA