French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Respublika rahbarlarining qishloqlarda yotib ishlashi o‘z samarasini bermoqda
16:18 / 2022-12-03

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga ko‘ra Prezident maslahatchisi G‘.Mirzayev boshchiligidagi vazirlik va idora rahbarlaridan iborat Respublika Ishchi guruhi a’zolari tajriba sifatida tanlangan sharoiti og‘ir Oqqo‘rg‘on tumanida aholi muammolari va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni o‘rganish va hal etish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda.


Respublika ishchi guruhi masʼullari bevosita chekka hududlardagi qishloqlarda tunab, oʻsha yerda mahalla faollari va oqsoqollari bilan maslahatlashgan holda koʻp yillik muammolarga yechim topishmoqda.

Shu kunga qadar Oqqoʻrgʻon tumanining 27 ta mahallasida 12 mingdan ziyod xonadon, 350 ta ijtimoiy soha obyektlari bevosita joyida oʻrganilib, jami 3 315 ta muammo aniqlandi. Ularning 914 tasi joyida hal etildi, 2 401 ta masala boʻyicha hal etish chora-tadbirlari belgilandi.

Jumladan, uyma-uy yurish natijasida aniqlangan ogʻir sharoitdagi, boquvchisini yoʻqotgan 46 ta ijtimoiy qiyin ahvoldagi oilaning homiylik asosida taʼmirlash hamda issiqlik taʼminotini yangilash ishlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, tibbiy koʻrikda turli kasalliklar aniqlangan 754 nafar fuqarodan 100 nafari shifoxonalarga yotqizildi, 654 nafariга malakali mutaxassislar tomonidan ambulator sharoitda davolanish tavsiya etilib, kerakli dori-darmonlar yetkazildi. “Suti” mahallasida yashovchi ehtiyojmand fuqaro M.Egamberdiyevning bosh qismidagi oʻsmasimon hosilasi shifokorlar guruhi tomonidan yuqori texnologik operatsiya oʻtkazilishi natijasida toʻliq bartaraf etildi.

“Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida tumanning 43 nafar fuqarosiga 1 mlrd. soʻm imtiyozli kreditlar ajratildi. Oilaviy tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida “Mikrokreditbank” tomonidan 19 nafar fuqaroga 382,2 mln. soʻm kredit berildi.

Moliya vazirligi tomonidan tumandagi ijtimoiy soha obyektlariga – maktabgacha taʼlim tashkilotlari va tibbiyot birlashmasiga joriy taʼmirlash va zarur uskunalarni xarid qilish uchun qoʻshimcha 1,6 mlrd. soʻm mablagʻ ajratildi.

Sportni rivojlantirish vazirligi tomonidan 78-sonli imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashgan maktab-internatiga 4 turdagi sport anjomlari yetkazildi.

Tumandagi йўл, kommunikatsiya tarmoqlari hamda infratuzilma holatiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Ichki yoʻllarning jami 5 km qismi shagʻallashtirildi. Shundan, “Hosildor”, “Madaniyat”, “Hamzaobod” va “Navbahor” mahallalarida 2,1 km yoʻlga shagʻal yotqizildi. 540 metr yoʻl betonlashtirildi. Jumladan, “Madaniyat” mahallasida 50 metr, “Qoʻshtepa” mahallasida 120 metr yoʻlga beton yotqizildi.

Elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida 133 ta temir beton tayanchlar oʻrnatildi. Shundan, “Jagʻalboyli” mahallasida 57 ta, “Madaniyat” mahallasida 41 ta, “Hosildor” mahallasida 35 ta tayanchlar yangilandi.

Ishlar davom ettirilmoqda.