French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Respublika «Oqila ayollar» harakati yetakchisi saylandi
09:12 / 2022-12-27

Jamiyatda yangi ma’naviy makon yaratish va oilalarda ma’naviy muhitni shakllantirishga qaratilgan tizimli targ‘ibot-tashviqot ishlari keng olib borilmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida 2023 yilni «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim» yili deb e’lon qilinishi «Oqila ayollar» harakati a’zolarining ham kelgusi yilda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan maqsad va vazifalari belgilab olinishiga turtki bo‘ldi.  

bugungi kunda «Oqila ayol» harakatiga saylangan a’zolar – 150 ming nafarga yaqin bo‘lib, 9 ming 570 nafar opa-singillarimiz ushbu harakat yetakchilari etib saylangan.  

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tomonidan Respublika «Oqila ayollar» harakatining ta’sis yig‘ilishi o‘tkazildi.  

Unda mamlakatimizning «Oqila ayollar» harakati a’zolari hamda barcha hududlardagi «Oqila ayollar» harakati yetakchilari ishtirok etdilar. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova so‘zga chiqdi.  

Yig‘ilishda Respublika «Oqila ayollar» harakati yetakchisi etib Oynisa Musulmonova saylandi.  

 

O‘zA