Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Respublika “Kelajak” markazi tashkil etiladi
17:43 / 2025-09-17

“Maktabdan tashqari ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–277-son) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, quyidagilar tashkil etiladi:

— “Barkamol avlod” respublika bolalar maktabi hamda Respublika o‘quvchi-yoshlar markazi negizida Respublika “Kelajak” markazi;

— Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) “Barkamol avlod” bolalar maktablari negizida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, tuman (shahar) “Kelajak” markazlari;

— Buxoro, Namangan, Samarqand va Xorazm viloyatlari “Kelajak” markazlari huzurida bolalar sayyohlik bazalari.

“Kelajak” markazlarining umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida vertikal tizimini joriy etish maqsadida o‘quvchilar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maktab maslahatchisi lavozimi joriy etiladi. 

Maktab maslahatchisi lavozim maoshi umumiy o‘rta ta’lim tashkiloti direktori o‘rinbosari lavozim maoshiga tenglashtiriladi.

2026 yil 1 sentyabrdan menejerlik sertifikatiga ega maktab maslahatchilariga lavozim maoshiga tegishlicha har oylik 30 foiz miqdorida qo‘shimcha ustamalar to‘lanadi.

Qarorga ko‘ra, “Kelajak” markazlariga quyidagilarga ruxsat etiladi:

— shartnoma asosida malakali mutaxassislar hamda nodavlat o‘quv markazlarini jalb etgan holda to‘garaklar tashkil etish;

— ota-onalar badali to‘lovini ota-onalar bilan kelishgan holda respublika bo‘yicha belgilangan minimal miqdorlarga nisbatan oshirish.

2026 yil 1 yanvardan “Kelajak” markazlarida o‘qiganlik uchun ota-onalar badali to‘lovining minimal miqdorlari qayta ko‘rib chiqiladi. 

“Kelajak” markazlari kontingent soni bo‘yicha ikkita guruhga ajratiladi. 

Bunda kontingent soni 600 nafargacha bo‘lgan “Kelajak” markazlari – II guruhga, 601 nafar va undan ortiq bo‘lganda – I guruhga tegishli hisoblanadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri va tuman (shahar) “Kelajak” markazlari faoliyati quyidagicha tashkil etiladi:

— markazlardagi to‘garaklar faoliyati zamonaviy va yagona dastur asosida tegishli yo‘nalishlarga bosqichma-bosqich ixtisoslashtiriladi;

— inklyuziv to‘garaklarga jalb qilingan pedagoglarga mehnatning alohida sharoitlari uchun lavozim maoshining 30 foizi miqdorida har oyda ustama haq to‘lanadi.

U.Qurbonov, O‘zA