Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga direktor tayinlandi
18:02 / 2021-05-17

Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan Islamov Miralisher Sadriddinovich Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori lavozimiga tayinlandi.

 Bu haqda vazirlik Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda.

U faoliyati davomida Toshkent tibbiyot instituti 1-klinikasi bo‘lim boshlig‘i, ushbu klinikaning xirurgiya bo‘limi bosh mutaxassisi, davolash ishlari bo‘yicha bosh shifokor o‘rinbosari, bosh shifokori, shuningdek, “AKFA MEDLINE” MCHJda tibbiyot texnologiyalari bo‘yicha maslahatchi lavozimlarida ishlagan. Bundan tashqari, u Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ham faoliyat yuritgan.

Tibbiyot fanlari doktori Miralisher Islamov tayinlovga qadar Qurilish vazirligi bosh ekspertizasi, tibbiyot texnologiyasi bo‘yicha bosh mutaxassis lavozimida ishlab kelgan.

O‘zA