Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Respublika ishchi guruhi tashabbusi bilan Farg‘onada ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun bayram tadbiri tashkil etildi
08:45 / 2022-02-24

Prezident maslahatchisi Baxtiyor Islomov boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi tashabbusi bilan Farg‘ona shahridagi ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilari uchun “Fayz” tantanalar majmuasida tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida o‘rganishlar jarayonida maktab-internati jamoasi tomonidan bildirilgan takliflardan kelib chiqib, Brayl yozuvidagi badiiy kitoblar, sport va musiqa to‘garaklari uchun jihozlar, o‘quvchilar uchun kiyim-kechaklar taqdim etildi.

Maktab-internati o‘quvchi va o‘qituvchilari tomonidan vatanni, tinchlikni, mehr-oqibatni tarannum etuvchi qo‘shiq va she’rlar ijro etildi. O‘quvchilar o‘z qo‘llari bilan yasagan gullar va boshqa buyumlarni ustozlari hamda mehmonlarga taqdim etdilar.

Ichki ishlar vazirligi madaniyat saroyi ashula va raqs ansambli hamda farg‘onalik taniqli san’at namoyondalari tomonidan ijro etilgan diltortar kuy-qo‘shiqlarga bolajonlar miriqib raqsga tushdilar.

M. Sulaymonov, O‘zA