Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Respublika ishchi guruhi janub viloyatlarida faoliyatini davom ettirmoqda
16:41 / 2023-02-02

Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan tuzilgan Respublika ishchi guruhi o‘z faoliyatini Qashqadaryo viloyatining Qamashi hamda Surxondaryo viloyatining Bandixon tumanlarida davom ettirmoqda.

Guruh tarkibiga 19 ta vazirlik va idoralar, viloyat, tuman sektorlari, sohaviy tashkilotlar rahbarlari kiritilib, joylarda “tezkor shtablar” tuzildi.

Faoliyat avvalida Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari sektor rahbarlari hamda mas’ullar uchun “mahallabay” yurib, uyma-uy ishlash bo‘yicha maxsus o‘quv-seminarlari tashkil etildi.

Respublika ishchi guruhi “Oqqo‘rg‘on tajribasi” asosida tumanlarda aholi muammolari va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishda “xonadonbay” kesimida ish olib borilmoqda.

Uch kun davomida ishchi guruh tomonidan Qamashi tumanida 60 ta mahallada 52 ming 357 ta xonadon va 1 ming 171 ta ijtimoiy soha va boshqa ob’ektlarda o‘rganish olib borildi. Aniqlangan muammolarni hal etish maqsadida qator amaliy ishlar qilindi. Jumladan, 45,7 km. mahalla ichki yo‘llari shag‘allashtirildi. Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 3 ta yangi transformator o‘rnatildi, eskilari ta’mirlandi, 1,2 km. elektr simlar yangisiga almashtirildi, 40 dona beton ustunlar o‘rnatildi.

1 ming 243 ta aholi xonadonlarini ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida 10,9 km. suv quvurini yotqizish ishlari boshlandi. 1405 dan ortiq aholi xonadonlariga 374 tonna bepul ko‘mir tarqatildi.

770 nafar fuqaroning bandligini ta’minlashga ko‘maklashildi. Jumladan, 416 nafar ishsiz fuqarolar doimiy ishga joylashtirildi, 146 nafari kasb-hunarga o‘qitishga yo‘naltirildi, 208 nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qilishi bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. 79 nafar tadbirkor va fuqaroga 2,3 mlrd. so‘m kredit mablag‘i, xususan, 70 nafar talabaga 580 mln. so‘m ta’lim krediti ajratildi. 81 nafar ishsiz fuqaroga 261 mln. so‘mlik asbob-uskuna (tikuv mashinasi, pishiriq pechi) yetkazib berildi. 4 nafar fuqaroning uy-joyini ta’mirlash ishlari boshlandi.

Bandixon tumanida ham qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. 22 ta mahallada 15 ming 100 ta xonadon, 2 ming 589 ta ijtimoiy soha va boshqa ob’ektlar to‘liq o‘rganildi.

Natijada, 73,2 km ichki yo‘llar shag‘allashtirildi, 3,5 km. yo‘llarga to‘kilgan shag‘al tekislandi. Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 1 dona yangi transformator, 153 ta temir beton tayanchlar o‘rnatildi, 2,2 km. tarmoq tortish ishlari, 12 ta transformator punktlarida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Aholiga 158,4 tonna ko‘mir yetkazildi, kam ta’minlangan oilalarga 51 tonna ko‘mir bepul tarqatildi. Ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida “Bandixon”, “Chinor”, “Birdamlik” mahallalariga 6,3 km tarmoq tortish ishlari boshlandi.

Umumta’lim maktablarining isitish tizimlari ko‘rikdan o‘tkazilib, 10 ta maktabga 22 ta isitish qozonlari o‘rnatildi, 8 tasida isitish tizimi ta’mirlandi. 3 ta umumta’lim maktabiga quyosh panellari o‘rnatildi.

Xatlov jarayonida 26 nafar yoshning yashash sharoiti og‘irligi, bir qator muammolari borligi aniqlanib, ularning 18 nafari “Yoshlar daftari”ga kiritildi. 10 nafariga turli yordamlar ko‘rsatildi.

“Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida tavsiyalar asosida 44 nafar fuqaroga 1,3 mlrd. so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi. 117 nafar fuqaroga 401 mln. so‘mlik 9 turdagi (to‘g‘ri chokli va overlok tikuv mashinalari, motokultivator, payvandlash uskunasi, mikser, elektr pech, gilam to‘qish uskunasi, kompyuter jamlanmasi, issiqxona) mahsulotlar subsidiya asosida berildi. 137 nafar fuqaroning bandligiga ko‘maklashildi. Shundan, 78 nafari doimiy ish bilan ta’minlandi, 26 nafari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi, 18 nafar fuqaro kasb-hunarga o‘qitildi, 15 nafariga ishsizlik nafaqasi tayinlandi.

“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan 231 ta ehtiyojmand oilaga moddiy yordam ko‘rsatildi. O‘ta og‘ir sharoitdagi 10 nafar oila uchun uy-joy qurilishi boshlandi, 4 nafar oilaning uy-joylari ta’mirlanmoqda.

M.Qosimova, O‘zA