Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Respublika ishchi guruhi hududlarni obodonlashtirish ishlarini boshladi
14:16 / 2025-04-21

Toshkent shahrida Respublika ishchi guruhi tomonidan hududlarni obodonlashtirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar boshlandi. Ushbu tashabbus yurtimiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shish, qarovsiz joylarni obod etish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Davlat boshqaruvi akademiyasi vakillari ham mazkur ishchi guruh tarkibida faol ishtirok etmoqda, deb xabar berdi akademiya matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, guruh a’zolari tomonidan turli hududlardagi infratuzilma holati o‘rganilib, mavjud muammolarni bartaraf etishga doir aniq chora-tadbirlar belgilanmoqda.

Jumladan, aholi yashash manzillarini obodonlashtirish, yangi yashil hududlar barpo etish, yo‘llar va yoritish tizimlarini yaxshilash, qurilishi tugallanmagan yoki tashlandiq ob’ektlarni tiklash hamda bolalar maydonchalarining tozaligi va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ishlar rejalashtirilgan.

Shuningdek, manzarali daraxt va gullarni ekish, ularning parvarishi uchun zarur pasport tizimini yo‘lga qo‘yish ishchi guruhning asosiy vazifalaridan biri etib belgilangan.

Obodonlashtirish ishlari nafaqat shahar markazlari, balki chekka tuman va qishloqlarda ham olib boriladi. Bu borada tegishli vazirlik va idoralar, mahalliy aholi hamda tadbirkorlar hamkorligida keng qamrovli ishlar amalga oshiriladi.

Respublika ishchi guruhi faoliyati davomida bajarilgan ishlar samaradorligini doimiy ravishda nazorat qilib boradi hamda aholining fikr va takliflarini inobatga olgan holda ish olib borishni maqsad qilgan.

Umidjon Qurbonov tayyorladi, O‘zA