Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Respublika ilmiy va ilmiy-texnik anjumani o‘tkazildi
13:10 / 2022-05-30

Toshkent viloyati, Parkent tumanidagi Quyosh qo‘rg‘onida joylashgan O‘zR FA Materialshunoslik institutida “XXI asr – innovatsion g‘oyalar asri» mavzusida Respublika ilmiy va ilmiy-texnik anjumani o‘tkazildi.

Konferensiya ikki bosqichda tashkillashtirilgan bo‘lib, birinchi bosqichda anjumanning tantanali ochilishi va plenar (umumiy) yig‘ilish o‘tkazildi. Ikkinchi bosqichda ilmiy ma’ruzalar tinglanadi. 

Olimlar uch sho‘bada «Fizika-matematika va texnika fanlarining dolzarb muammolari», «Tabiiy fanlarning dolzarb muammolari», «Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb muammolari» haqida munozaralar o‘tkazildi va yosh olimlarning ilmiy axborotlari tinglanadi.

Anjuman O‘zbekiston Respublikasining «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilmoqda.

– bugungi kunda mamlakatimizning taraqqiyoti, avvalambor, ilm-fan va oliy ta’limga asoslanadi, – deydi olima Hilola Nazirova. – Ilm-fan va ta’limga yuqori texnologiyalar asosida yangicha sifat bilan yondashmas ekanmiz, bu sohada yuksak natijalarga erishish dargumon. Shu bois, mavjud imkoniyatlarni yo‘qotmaslik, o‘zbek akademik ilm-fani va oliy ta’limidagi barcha yaxshi jihatlarni asrab qolish va rivojlantirish, kadrlar tayyorlashda sifatni ko‘tarish eng muhim vazifamiz bo‘lib qoladi. 

Olimlar va o‘qituvchilar iste’dodli, yangi g‘oyalar va bilimlar – oliy ilmiy maktab modernizatsiyasi suyanadigan fundamenti. Boshqacha aytganda, ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarning sifati, keng qamrovliligi, amaliyotga joriy etilganligi va ilmiy jamoa tomonidan tan olinganligi jihati bilan baholanadi. Shuning uchun yoshlar ilm-fani keng ma’noda – mamlakatning ilmiy kadrlar salohiyati rivoji bilan bog‘liq bo‘lgan barcha jarayonlarning «ibtidosi»dir.

Anjuman so‘ngida ishchi guruhga kelib tushgan materiallar va ma’ruzalar tanlab olinib, yosh olimlar «Eng faol olim», «Eng yaxshi maqola» nominatsiyasi bo‘yicha diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

D.Mamatova, O‘zA