Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Respublika idoralararo Kengashi majlisi huqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishga bag‘ishlandi
11:14 / 2024-07-06

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida Respublika idoralararo Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda Bosh prokuratura, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Oliy sud, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar, Maktabgacha va maktab ta’limi, Sog‘liqni saqlash vazirliklari, Markaziy bank, Soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi rahbarlari va boshqa mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

Yig‘ilish kun tartibida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2023 yil 28 iyul kuni Farg‘ona viloyati hududlarida huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish holati hamda bu boradagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 23-sonli topshiriqlar bayoni ijrosi ahvoli, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar muhokama qilindi. 

Yig‘ilish davomida "mahalla yettiligi"  tomonidan "ijtimoiy profilaktika" tamoyili asosida faoliyatni yanada jadallashtirish, bu boradagi ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika idoralarining mas’uliyatini keskin oshirish, har bir "qizil"  va "sariq"  toifali mahallalar bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar ishlab chiqish, real jinoyat o‘choqlarida mavjud kuch va vositalardan samarali foydalanish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berilib, ushbu yo‘nalishni nazoratga olish bo‘yicha aniq talablar qo‘yildi.

Tadbir yakunida hududlar hamda respublika idora va vazirliklari rahbarlari, mas’ul xodimlarining tushuntirish va axborotlari eshitildi, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi.

Respublika idoralararo kengash yakunida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va muhokama qilingan sohalarda faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan qaror qabul qilindi.

N. Abduraimova, O‘zA