Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Respublika bo‘ylab «Kitobxonlik festivali» o‘tkazildi
15:47 / 2022-06-27

Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish maqsadida respublika bo‘ylab «Kitobxonlik festivali» o‘tkazildi.

Xorazm viloyatida o‘tkazilgan festivalda kitoblar yarmarkasi, ma’naviy-ma’rifiy kecha, teatr tomoshalari tashkil etildi. Shuningdek, tanlov va tadbirlarda faol qatnashgan ishtirokchilar Xorazm viloyati xalq ta’lim boshqarmasi va Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan munosib taqdirlandilar.

«Eng yaxshi kitobxon o‘quvchi» ko‘rik-tanlovida Xiva tumani, 1-son maktabining 7-sinf o‘quvchisi Asaloy Matnazarova g‘alaba qozondi.

«Men sevgan adabiy qahramon» insholar tanlovida Urganch shahri, 29-son maktabi 9-sinf o‘quvchisi Gavharjon Otaboyeva g‘olib bo‘ldi.

Xorazm viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi Viloyat bolalar kutubxonasi tomonidan oromgoh tarbiyalanuvchilarining yozgi ta’til kunlarini mazmunli va maroqli o‘tkazish maqsadida «Kun g‘olibi» savol-javob viktorinasi o‘tkazildi. Unda Shovot tumani, 18-son maktabining 10-sinf o‘quvchisi Mashhura Ro‘zimboyeva g‘olib bo‘ldi.

«Men eshitgan ertaklar» Respublika onlayn tanlovida Shovot tumani, 15-son maktabining 6-sinf o‘quvchisi Gulnora Komilova g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Mahallalarda kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqish va e’tiborni yanada oshirish maqsadida o‘tkazilgan «Eng faol kitobxon mahalla raisi» onlayn tanlovida Urganch shahridagi «Hamjihatlik» fuqarolar yig‘ini raisi Erkin Rajapov g‘olib deb topildi.

«Yilning eng yaxshi maktab kutubxonachisi» tanlovida 1-o‘rinni Gurlan tumani, 30-son maktabining kutubxonachisi Surayyo Xudoyberganova qo‘lga kiritdi.

Xorazm viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi «Ta’tilda kitob bilan» shiori ostida «Kitobxonlar ligasi» respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida 1-o‘rinni Gurlan tumanining «Beliyever» jamoasi qo‘lga kiritdi. G‘olib jamoa tanlovning respublika bosqichida ishtirok etadi.

O‘zA