Reproduktiv salomatlik va oila gigiyenasi bo‘yicha qo‘shma tashabbuslar muhokama qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova Xitoy Xalq siyosiy maslahat kengashi Butunxitoy qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, “GX” jamg‘armasi raisi Lyan Chjenin bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat davomida aholi, xususan, ayollar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, xotin-qizlar sog‘ligini mustahkamlash borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, “Farovon oila” dasturi doirasida oila gigiyenasi va reproduktiv salomatlikni ta’minlash yo‘nalishidagi hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda istiqboldagi qo‘shma loyihalar va dasturlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi “Yo‘l xaritasi” asosida hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Tomonlar aholi salomatligini mustahkamlash va ayollar farovonligini ta’minlash yo‘lida amaliy hamkorlikni yanada kuchaytirishga tayyor ekanliklarini ta’kidladi.

N. Usmonova, O‘zA