Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Renovatsiya hududidagi daraxtlar taqdiri nima bo‘ladi?
14:57 / 2025-08-05

“Shaharsozlik renovatsiyasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokamalarida deputatlar tomonidan bir qator dolzarb savollar o‘rtaga tashlandi.

Jumladan, Ekopartiya fraksiyasi a’zosi Noiba Inoyatova bugungi kunda ekologik muammolarni bartaraf etish maqsadida qimmatbaho turdagi daraxt va butalarning kesilishiga moratoriy e’lon qilinganini ta’kidlab, renovatsiyaga tushgan hududlardagi daraxtlarning kesilmasligi yoki shu hududda yashil maydonlarni tashkil etish va uning nazorati qanday amalga oshirilishi bilan qiziqdi.    

Bunga javoban qonun tashabbuskorlari loyihada yashillikni saqlab qolish masalalariga ustuvor ahamiyat qaratilganini qayd etdi. Loyihaga ko‘ra, renovatsiya hududining kamida to‘rtdan besh qismi, ya’ni 25 foizi yashil zonalardan iborat bo‘lishi lozimligi belgilanmoqda.  

Shuningdek, renovatsiya hududidagi yashil zonalarni boshqa hududiy toifa zonaga o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Shu bilan birga, tashkil etiladigan yashil hudud o‘zgartirilayotgan hududdagi avvalgi yashil zonadan kam bo‘lmasligi mustahkamlanyapti. Shuningdek, renovatsiya ishlari qimmatbaho daraxtlarning joylashgan o‘rniga qarab loyihalashtirilishi belgilanayotgani ma’lum qilindi.    

Muhtarama Komilova, O‘zA