Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Renessans ta’lim universiteti va Qozog‘iston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari yangi bosqichga chiqmoqda
13:30 / 2024-04-17

O‘rta asrlar Sharq tarixi yuksalishi madaniyat va ta’lim-tarbiya, tibbiyot, adabiyot, san’at va arxitektura sohalaridagi beqiyos yuksalish, ilmiy maktablarning vujudga kelishi, yangi-yangi iste’dodli avlodlar to‘lqinining paydo bo‘lishi va voyaga yetishi – bularning barchasi, birinchi navbatda, iqtisodiyot, qishloq va shahar xo‘jaligining jadal o‘sishi, hunarmandlik va savdo-sotiqning yuksak darajada rivojlanishi, yo‘llar qurilishi, yangi karvon yo‘llarining ochilishi va avvalambor, nisbiy barqarorlikning ta’minlanishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan. Bu davarda yashab ijod qilgan, jahon sivilizatsiyasi rivojiga bebaho hissa qo‘shgan Sharq allomalari va mutafakkirlarining qomusiy bilimlari oldida hali hamon hayratlanamiz. O‘z davrida hozirgi zamon ilm-fanining ilk poydevorini qo‘ygan va rivojlantirgan ajdodlarimiz qadim-qadimlardan G‘arb Sharq xalqlari yaratgan tafakkur, g‘oya, kashfiyotlar va donishmandlikni sinchiklab o‘rganganlar. Shuning uchun ham o‘rta asrlarda G‘arbda “Nur Sharqdan taraladi” degan iboraning paydo bo‘lishi ham bejiz emas. Buyuk tarixga ega bo‘lgan xalqning ma’naviyati ham buyuk bo‘ladi. Chunki buyuk ma’naviyatga ega bo‘lmagan xalq, buyuk tarix yaratolmaydi. Buyuk tarixni yaratilishi va uning taraqqiy etishida tilning o‘rni vazifasi alohida ahamiyat kasb etadi.