Renesans: tarixi va o‘ziga xos xususiyatlari
Soyib Saidovich RAUPOV Professor tarix fanlari nomzodi Buxoro davlat universiteti Buxoro, O‘zbekiston
Annotatsiya
Maqolada Renesans so‘zining mohiyati ochib berilib, uning kelib chiqish sabablari atroflicha taxlil qilingan. Asosiy e’tibor Sharq va G‘arb renesansi orasidagi umumiy va farq qiluvchi jihatlar taxliliga bag‘ishlangan. Sharq Uyg‘onish davrida Yevropa Renesans davrining asosiy belgilari: jo‘shqin ijodiy faoliyat, ulkan bunyodkorlik ishlarining amalga oshirilgani, aqlni hayratga soluvchi bemisl asarlarning yaratilgani, shunga qaramasdan ayrim o‘ziga xos jihatlar mavjudligi asoslab berilgan.
Tayanch so‘zlar: Sharq va G‘arb Renesansi, gumanizm, ateizm, Sharq Renesansining o‘ziga xos xususiyatlari, fozil jamiyat, komil inson.