French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Renault – Nissan – Mitsubishi alyansi elektromobillar yaratish bo‘yicha yangi kompaniya ta’sis etishi mumkin
20:19 / 2022-05-17

Avtomobillar ishlab chiqaruvchi Renault – Nissan – Mitsubishi alyansi elektromobillar yaratish va ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi kompaniyani tashkil etishi mumkin. Renault kompaniyasi prezidenti Jan-Dominik Senar Yaponiyaning NHK telekanaliga intervyu berganda shu haqda ma’lum qildi.

U ushbu masalada yaponiyalik hamkasblari bilan muzokara olib borish uchun atay Tokioga kelganini ta’kidladi. "Ishonchim komilki, shu yo‘l bilan alyansimizning qadriyatlarini yanada yuqori darajaga olib chiqa olamiz", – dedi Senar.

Joriy yil boshida alyans elektromobillar yaratish texnologiyalarini rivojlantirish uchun yaqin besh yilda 23 milliard yevro jalb qilish haqida ma’lum qilgan edi.