Yaponiyada L0 Series deb nomlangan magnitli levitatsiya (maglev) poyezdi ishlab chiqilmoqda bo‘lib, u tezligi va texnologiyasi bilan dunyo transport tizimida yangi bosqichni boshlab berishi kutilmoqda. Ushbu poyezd magnitlar yordamida relsdan bir necha santimetr balandlikda muallaq holda harakatlanadi, natijada ishqalanish deyarli yo‘qoladi va poyezd 603,5 km/soat tezlikka chiqishi mumkin. Loyiha ustida Central Japan Railway Company mutaxassislari faol ish olib bormoqda.
Hozirda Tokio va Nagoya o‘rtasidagi safar tezyurar Sinkansen poyezdlarida 1,5–2,5 soat davom etsa, yangi Chuo-Shinkansen maglev liniyasi ishga tushgach, bu masofa atigi 40 daqiqada bosib o‘tiladi. Kelgusida ushbu liniya Nagoya va Osaka shaharlarini ham bog‘lab, Tokio–Osaka yo‘nalishidagi safarni 1 soatgacha qisqartiradi. Bu esa Yaponiyaning uchta yirik shahrini yagona iqtisodiy va transport hududiga aylantiradi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/nfmgAB4VVvE" title="Super poezd" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>L0 Series poyezdi hozirda dunyodagi yagona tijoriy maglev hisoblangan Xitoydagi Shanghai Maglev dan (460 km/soat) ham ancha tez bo‘ladi. Loyihaning umumiy qiymati qariyb 59,9 milliard yevroni tashkil etadi. Dastlab 2027 yilda yakunlanishi rejalashtirilgan bo‘lsa-da, qurilish va ekologik muammolar sabab loyiha kechikdi. Mutaxassislar poyezdning to‘liq ishga tushirilishini 2034–2035 yillarga mo‘ljallamoqda.
Madinabonu Nasriyeva, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA