Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rektorlarning III forumi
16:11 / 2025-09-15

Buxoro davlat universitetining 95 yilligi munosabati bilan universitetda “Turizm ta’limi beruvchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari III forumi” bo‘lib o‘tdi. Unda respublikamizning yetakchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari, prorektorlar, soha mutaxassislari hamda turizm sohasi bo‘yicha xalqaro hamkorlar ishtirok etdi.

– Ushbu forumning uchinchi bor o‘tkazilishi Buxoroda, aynan bugungi kunda Birlashgan Millatlar Tashkiloti qoshidagi YUNESCO tashkilotining shafeligida olib borilayotgan biyennale tadbirlari doirasida bo‘lishi katta ahamiyatga egadir. Biz, oliy ta’lim muassasalari rektorlari, albatta, turizm sohasida tayyorlanayotgan kadrlarning malakasini oshirish, ilmiy loyihalar, dual ta’limni tashkil etish hamda bitiruvchilarni ishga joylashtirish masalalarini muhokama qildik, – deydi Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Hamidov.

Ikki kun davom etgan forumda turizm sohasi bitiruvchilari bandligini ta’minlash tajribalari chuqurroq tahlil qilindi. Fransiyaning VATEL mehmonxona va turizm biznes maktabi franshizasi asosida ta’lim dasturlarini joriy etish masalasi, turizm va mehmondo‘stlik ta’limidagi boshqa ustuvor yo‘nalishlar, sohaga oid dolzarb masalalar ham ko‘rib chiqildi.

[gallery-25313]

Forumda turizm sohasida kadrlar tayyorlashning dolzarb masalalari, xalqaro tajribalarni o‘rganish va ta’lim sifatini yanada oshirish bo‘yicha samarali fikr-mulohazalar bildirildi.

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA muxbiri.