French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rektorlar forumi turizm ravnaqiga bag‘ishlandi
12:53 / 2023-10-09

Buxoro davlat universitetida turizm yo‘nalishida ta’lim beruvchi oliy o‘quv yurtlari rektorlari forumi bo‘lib o‘tdi. Unda 11 ta ta’lim muassasalari rahbarlari hamda turizm sohasi mutaxassislari qatnashdi.

Forumda Prezidentimizning joriy yil 26 apreldagi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarorining ijrosi doirasida amalga oshiriladigan ishlar, turizm sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish, professor-o‘qituvchi va talabalar almashinuvi kabi masalalarda fikr almashildi. Buning uchun doimiy faoliyat yurituvchi muhokama platformasini tashkil qilish taklifi ilgari surildi. 

Anjuman dasturiga muvofiq, ishtirokchilar Buxoro davlat universitetida kadrlar tayyorlash, ta’lim berish sifati hamda yaratilgan imkoniyat va sharoitlar bilan ham yaqindan tanishtirildi.

– Qadimiy Buxoro zaminida birinchi bor o‘tkazilayotgan forum doirasida ishlab chiqiladigan yangi yondashuvlar va ta’sirchan yechimlar mamlakatimiz turizm salohiyatini yanada oshirish, turistik xizmatlar sifatini yaxshilash, soha uchun malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi, – deydi Buxoro davlat universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Obidjon Hamidov. – Forum doirasida turizm yo‘nalishida ta’lim beruvchi oliy o‘quv yurtlari uyushmasini tashkil qilish hamda hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishildi.

[gallery-13916]

Forumi ishtirokchilari Romitan tumanidagi turizm ob’ektlari, xususan, Choriqulboy Pirnafas o‘g‘li nomidagi ko‘prik hamda tuman markazida joylashgan saylgohni tomosha qilishdi. “Romitan tumanining turizm salohiyati: muammo va yechimlar” mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi. “Bukhara Desert Oasis & Spa” ekoklasteri bilan tanishuv ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Bu yerda turistlar oqimini oshirish yuzasidan o‘zaro fikr almashildi. Zarur tavsiya va takliflar berildi.

Zarif Komilov, 
Tohirjon Istatov (surat), O‘zA