Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Rektor va yoshlar” uchrashuvlari
11:45 / 2025-09-19

Farg‘ona davlat universitetida muntazam ravishda “Rektor va yoshlar” uchrashuvlari tashkil etilmoqda. Ushbu tadbirlarda universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov, rahbariyat a’zolari hamda talaba-yoshlar ishtirok etmoqda.

Uchrashuvlarda talabalarning ta’lim jarayoni, ilm-fanga bo‘lgan qiziqishlari, turarjoy bilan ta’minlanishi, bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish kabi masalalar muhokama qilinadi. Shuningdek, sport va madaniyat sohalaridagi faoliyat, to‘garaklar va turli madaniy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashiladi.

Navbatdagi shunday uchrashuvda rektor talabalar bilan samimiy muloqot olib borib, ularni yaratilgan shart-sharoitlardan unumli foydalanishga, ilmiy va ijodiy loyihalarda faol qatnashishga, xorijiy tillarni chuqur o‘rganish hamda kasbiy mahoratini oshirishga chaqirdi. Shu bilan birga, talabalarning tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanishi, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun barcha sharoit yaratilayotgani ta’kidlandi.

Uchrashuv doirasida rektor talabalar turarjoylari bilan tanishib, ulardagi mavjud imkoniyatlar, yaratilgan qulayliklarni ham ko‘zdan kechirdi. Suhbatda talabalarning kutubxona, o‘quv xonalari, to‘garaklar va madaniy-ma’rifiy tadbirlardan foydalanish imkoniyatlari xususida atroflicha axborot berildi.

Shuningdek, rektor yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning qiziqishlarini ro‘yobga chiqarish, ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratdi. U o‘z nutqida talabalar faqatgina ilm-fan sohasida emas, balki ma’naviy jihatdan ham yetuk va barkamol shaxs bo‘lib ulg‘ayishlari zarurligini ta’kidladi.

Nilufar Bozorova,

O‘zA