Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rektor va yoshlar uchrashuvi
10:33 / 2021-04-08

Respublikamizda barkamol avlod kamoloti, yoshlarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarish masalasiga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilmoqda.

O‘g‘il-qizlarni har tomonlama yetuk, bilimli, salohiyatli shaxs, komil inson sifatida tarbiyalash masalasiga o‘ziga xos tarzda, zamonaviy usullar asosida yondashilmoqda, ularning tashkiliy-huquqiy asoslari tizimli ravishda takomillashib kelinmoqda.  

Yoshlarga oid masalalarda, zamon talablari asosida yangicha mexanizmlarni tadqiq etish, xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalarini muntazam o‘rganib borish va O‘zbekiston sharoitiga mos, milliy xususiyatlarimizga javob beradigan metodlarni tadbiq etish dolzarb vazifalardan qatoriga kiradi.

Chunki, globallashuv sharoitida, axborot xurujlari tezlashgan, yoshlarning ongi va qalbi uchun kurash kechayotgan, eng asosiysi ularning dunyoqarashi o‘zgarib borayotgan davrda yoshlar siyosati sohasida ham yangicha uslub va mexanizmlarga tabiiy ehtiyoj tug‘ilib boraveradi.

Aynan shu maqsadda Samarqand davlat tibbiyot institutida tashkil etilgan Rektor va yoshlar uchrashuvida ham yoshlarni har tomonlama tashqi ta’sirlardan muhofazalash, ta’lim olish huquqlari, iqtidorli yoshlarga nisbatan davlat ko‘magini amalga oshirish kabi dolzarb masalalar muhokama etildi.

Tadbirda institut rektori Jasur Rizayev prezidentimizning yoshlar haqida bildirgan fikrlari bu borada kun sayin rivojlantirilib borilayotgan imkoniyatlar, oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim va tarbiyaga oid o‘zgarishlar haqida so‘zga chiqib, talaba yoshlarni quyidagi masalalarda faol bo‘lishga chorladi.

 – Fakultetlarda mavjud bo‘lgan muammo va kamchiliklarni o‘zaro tashkil etilgan ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlarda muhokama qilish, bu borada o‘ziga xos jamoatchilik nazoratini oshirish, tahsil olayotgan talabalar tomonidan fakultetlar faoliyatiga oid ishlarni o‘z blogida yoritib borishlari tavsiya etildi.

Shuningdek rektor institutda talabalarning Xalqaro olimpiadalarda qatnashish uchun barcha imkoniyatlar yaratilganligi, yuragida o‘ti bor faol yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishini ta’kidlab, Samarqand davlat tibbiyot instituti 2020/2021 o‘quv yili 2-semestrida “Rektor stipendiyasi”ga sazovor bo‘lgan 35 nafar , "Imago Anatomica Vesalius" xalqaro onlayn tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 5 nafar , hamda "VolgaMedScience" xalqaro tanlovida ishtirok etib yosh olimlar va talabalarning Butunrossiya ilmiy-amaliy konferensiyasi tanlovida 3 nafar g‘olib bo‘lgan talabalarni maxsus sertifikatlar bilan taqdirladi.

Rektor va yoshlar uchrashuvida 50 dan ortiq faol yoshlar ishtirok etib, ochiq-oshkora samimiy ruhda o‘tgan muloqotda yoshlarning taklif va mulohazalari eshitildi, ularning ta’lim, sport, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalardagi muammo va takliflari eshitilib, talaa yoshlarning takliflari va muammolarini hal etish bo‘yicha institut mas’ullariga topshiriqlar berildi.