Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rektor “Kelajak soati” darsini o‘tdi
17:16 / 2025-09-04

Yurtimizdagi barcha oliy o‘quv yurtlari qatori Andijon viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarida ham yangi o‘quv yili mashg‘ulotlari boshlandi. 2025-2026 o‘quv yilida viloyatdagi oliy ta’lim muassasalariga 13 ming 700 nafardan ziyod talaba qabul qilinib, talabalarning umumiy soni 70 ming nafarga yetdi.

Andijon davlat tibbiyot institutida yangi o‘quv yili boshlanishiga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Talabalikka qabul” deb nomlangan tantanali tadbirda institut professor-o‘qituvchilari, talabalar, ularning ota-onalari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.  

Tadbirda Andijon viloyat hokimi o‘rinbosari Komiljon Komilov, institut rektori, professor Madaminjon Madazimov so‘z olib, barchani yurtimiz mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yillik bayrami va yangi o‘quv yili boshlanishi bilan muborakbod etdi. Shuningdek, yurtimizda talaba-yoshlarning puxta bilim olishi, malakali mutaxassis bo‘lib yetishishi, o‘qitish tizimiga xalqaro andozalarni joriy etish, talabalarning o‘z salohiyatlarini to‘laqonli yuzaga chiqarishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berilayotganligi alohida ta’kidlandi.  

Tadbirda joriy yilda institutga eng yuqori ball bilan kirgan talabalar, ularning ota-onalariga minnatdorchilik bildirilib, tashakkurnomalar topshirildi.  

Bu yil institutga eng yuqori – 189 ball bilan davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan talaba Rayyona Mamatova o‘zining hayajonli qalb kechinmalari, bilim yo‘lida ustozlarining mehnati va ko‘magi xususida gapirdi, kelajakdagi orzu-maqsadlari bilan o‘rtoqlashdi.  

Yakunda Vatan, istiqlol va yoshlikni tarannum etuvchi sho‘x kuy-qo‘shiqlar yangradi. 

[gallery-25171] 

Shundan so‘ng institutning katta anjumanlar zalida 1- bosqich talabalari ishtirokida "Kelajak soati" darsi o‘tkazildi. Darsni institut rektori, professor M. Madazimov olib bordi. U talabalarga tibbiyot sohasi, bugungi kunda sohada erishilayotgan yutuqlar, kelajakda malakali shifokor bo‘lib yetishish uchun talabalar o‘z ustida tinmsiz ishlashi, o‘qishi, izlanishi kerakligini hayotiy misollar asosida gapirdi. Talabalarga o‘qish va ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.  

Mashg‘ulotdan so‘ng birnchi bosqich talabalari guruhlarga bo‘lingan holda institut bilan yaqindan tanishdi.

F. Ubaydullayev,

Z. Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari