Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
REKORD: Farg‘onada koronavirusga qarshi emlanganlar 100 ming nafardan oshdi
10:25 / 2021-04-30

2021 yilning 29 aprel kuni Farg‘ona viloyati hududlari bo‘ylab 16 ming 838 nafar kishi COVID-19ga qarshi emlandi.

bugungi kungacha viloyatda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 105 ming 158 nafarga yetdi. Bu haqida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Farg‘ona viloyati boshqarmasi OAV va jamoatchilik bilan ishlash bo‘limi xabar bermoqda.

29 aprel kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:

O‘zbekiston tumani (2384 nafar),

Oltiariq tumani (1424 nafar),

Quva tumani (1364 nafar) band qildi.

Emlanganlar orasida jiddiy asoratlar va nojo‘ya ta’sirlar kuzatilmagan.

Ta’kidlash joizki, farg‘onaliklarning vaksinaga ishonchi hamda uni olishga ehtiyoji borligini ko‘rsatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, hozirda mamlakatimiz bo‘ylab, 65 va undan yuqori yoshdagilar, tibbiyot xodimlari bilan birgalikda o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilari, maktabgacha ta’lim muassasa tarbiyachilari, shuningdek, xavf osti guruhiga mansub surunkali kasalligi bo‘lgan aholi ham koronavirusga qarshi emlanmoqda.