Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rekonstruksiya jarayonlari davom etmoqda
19:22 / 2025-10-08

Bugunga qadar Buxoro viloyati bo‘yicha 100 ga yaqin mahallalardagi 122 kilometrdan ortiq gaz quvurlari rekonstruksiya qilindi. “2025 yil mukammal ta’mirlash va rekonstruksiya qilish” manzilli dasturiga asosan joylarda rekonstruksiya ishlari davom etmoqda.

Xususan, viloyat markazi Buxoro shahrining o‘zida 20 ga yaqin hududda amaliy ishlar olib borildi. Shahardagi Namozgoh ko‘chasi aholisini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi, diametri 100 mm bo‘lgan gaz quvurida rekonstruksiya ishlari olib borilayotgan bo‘lib, ayni kunda 1 kilometrga yaqin gaz quvuri tortildi. 

Shuningdek, Sobir Rahimov mahallasining Islom Karimov ko‘chasidagi yer osti gaz quvurining 1,5 kilometrida amaliy ishlarning bajarilishi rejalashtirilgan bo‘lib,hozirda 500 metr gaz quvuri rekonstruksiya qilindi. 

Kogon tumanining ham bir qator hududlarida mavsumga tayyorgarlik ishlari ko‘rilmoqda. Jumladan, “Niyozhoji” mahallasidan “Tuniroq” mahallasigacha boruvchi 219 mm bo‘lgan gaz quvuri rekonstruksiya qilinar ekan, jarayonlar quvurning 1 kilometridan ortig‘ida olib borildi. 

Qilinayotgan har qanday amaliy ishdan asosiy maqsad ta’minot bilan bog‘liq yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish hamda iste’molchilarni vaqtida gaz bilan ta’minlashdan iboratdir.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.