Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Reklamalardagi qonunbuzarliklar bo‘yicha choralar ko‘rildi
15:56 / 2025-08-26

Raqobat qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari ishchi guruhi tomonidan tashqi yozuvlar va reklama ob’ektlarining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq o‘rnatilgani holati o‘rganilmoqda.

“Reklama to‘g‘risida”gi qonun talablari buzilgani aniqlangan tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan ishlar qo‘zg‘atilib, kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilib, moliyaviy jarimalar ham qo‘llanilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Raqobat qo‘mitasi tomonidan “ISLAM TEXNO MIR” MCHJda tashqi reklama qoidalariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish natijasida jamiyat tomonidan 1 kv.m va undan oshgan reklamalar pasportsiz joylashtirilgani aniqlandi. Bu holat rasmiy dalolatnoma bilan tasdiqlanib, Vazirlar Mahkamasining 225-sonli qaroriga asosan ish qo‘zg‘atildi.

Natijada, “ISLAM TEXNO MIR” MCHJga nisbatan moliyaviy jarima qo‘llash bo‘yicha Nukus tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo ariza kiritilib, ariza qanoatlantirildi.

Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida “Reklama to‘g‘risida”gi qonunchilik talablarini o‘rganish jarayonida fuqaro S.E. tomonidan tashkil etilgan "IYMONA TRAVEL DENOV" nomli telegram guruhida “UMRA HAJ” safari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatilgani aniqlandi. Qonunbuzilish holati yuzasidan fuqaroga nisbatan ma’muriy jarima qo‘llanildi.

Reklama joylashtirishdagi qonunbuzilish bo‘yicha Toshkent, Sirdaryo, Samarqand viloyatlarida uchragan holatlar maxsus komissiya tomonidan ko‘rib chiqilib, qonunbuzar sub’ektlarga nisbatan belgilangan tartibda ta’sir choralari qo‘llanildi.

Shuningdek, noqonuniy reklamalarni bartaraf etish va kelgusida qonun buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Nigora Rahmonova,

O‘zA