Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Reklama va tashqi yozuvlarning qonun talablariga mosligi nazoratda
17:30 / 2024-08-10

FOTOREPORTAJ

Ko‘hna va zamonaviy shaharsozlik an’analarini o‘zida mujassam etgan Buxoro shahri qiyofasi o‘ziga xos ochiq osmon ostidagi tasviriy san’at namunasiga o‘xshaydi.  

Lekin, afsuski, so‘nggi paytlarda joylarda noqonuniy qurilmalar va ruxsatsiz tashqi reklamalarning o‘rnatilayotgani shahar go‘zalligiga soya solmoqda.

[gallery-18658]

Istiqlol bayrami arafasida qadim Buxoro va tumanlar markazlari chiroyini qayta tiklash va turli noqonuniy tashqi yozuvlarni bartaraf etish maqsadida “Mustaqillik bayramiga toza chiroy bilan” shiori ostida  aholi va tadbirkorlar o‘rtasida tushuntirish va tozalash aksiyasi olib borilmoqda.  

O‘tgan bir hafta davomida viloyat, shahar va tumanlar hokimlarining tegishli soha bo‘yicha maslahatchilari, obodonlashtirish boshqarmasi  xodimlari hamda viloyat raqobat boshqarmasi vakillari tomonidan 470 ta savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalaridagi 500 dan ortiq davlat tili va reklama to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga zid bo‘lgan yozuvlar bartaraf etilib, tuzatildi.  

- Joriy yilda mustaqilligimizning 33 yilligini, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligini nishonlaymiz, - deydi viloyat hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Akbar Rustamov. – Bu kichik muddat emas. Ammo hanuzgacha shahrimiz ko‘chalarida oz bo‘lsada “ajnabiy” tillardagi yozuvlarning uchrashi, reklama o‘rnatishda qonunchilik talablariga rioya etilmayotganligi kuzatilmoqda.  

Shu nuqtai nazardan tashqi yozuvlarni qonun talablariga mos, davlat tilida o‘rnatish har bir fuqaroning siyosiy mas’uliyati hamdir.

Tohir ISTATOV(surat),O‘zA