Raqobat qo‘mitasi tomonidan ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlarida joylashtirilgan materiallar “Reklama to‘g‘risida”gi qonun talablariga mosligi yuzasidan o‘rganish va tahlil ishlari olib borilmoqda.
Jumladan, Qo‘mita turoperatorlar tomonidan “Umra” tadbirini tashkil etish va o‘tkazishga oid reklamalarning qonuniyligini o‘rganib chiqdi.
O‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida Toshkent, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlari hududiy boshqarmalari tomonidan jami 3 ta - “AYUB TRAVELS TOURS” MCHJ, "BILOLBEK TRAVEL" MCHJ va “Vodiy Siddiq Travel” MCHJ tomonidan litsenziya hujjatlari mavjud bo‘lmagan holda reklamalar joylashtirilgani va bu bilan “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning talablari buzilgani yuzasidan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, yakunlari yuzasidan moliyaviy jarimalar qo‘llanildi.
Shuningdek, Namangan viloyatida yashovchi 6 nafar fuqaro ijtimoiy tarmoqlar orqali “Umra” ziyorati reklamalarida ham yuqoridagi kabi qonunchilik talablarini buzgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi.
N.Rahmonova,
O‘zA