Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Reklama qonunchiligini buzgan korxonalarga tegishli ta’sir chorasi qo‘llanildi
14:31 / 2025-02-05

Ko‘pincha ko‘cha-ko‘yda yurganimizda xizmat ko‘rsatish shoxobchalari peshtaxtalariga osib qo‘yilgan ayrim reklama lavhalarini ko‘rib, ta’bimiz xira bo‘ladi, kayfiyatimiz buziladi. Beixtiyor xayolimizdan kimdir bunday reklamalarni nazorat qiladimi, degan savol o‘tadi. Albatta, noo‘rin reklama bannerlari tegishli qonunchilik asosida nazorat qilinadi.

Misol uchun, Raqobat qo‘mitasi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tgan 2024 yil davomida jami 2 ming 655 ta tashqi reklama va tashqi targ‘ibot vositalarining “Reklama to‘g‘risida”gi qonun talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganish va monitoring ishlari olib borildi.  

O‘tkazilgan o‘rganishlar davomida 12 ta korxona tomonidan reklama qonunchiligi talablari buzilgani holatlari aniqlandi.  

Yuqoridagilarga muvofiq, hududiy boshqarma maxsus komissiyasi tomonidan “Reklama to‘g‘risida”gi qonun talablari buzilishi holati bo‘yicha belgilangan Nizomga asosan xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga nisbatan ishlar qo‘zg‘atilib, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.  

Bunday nazorat tadbirlaridan ko‘rinadiki, shahar bedarvoza emas. Har kim xayoliga kelgan so‘zlarni reklama bannerlariga yozmasligi, aks holda javobgarlik qimmatga tushishini unutmasligi kerak.  

N.Rahmonova,  

O‘zA