French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Reklama berishning tartib qoidalari qanday?
14:24 / 2025-08-29

Bugungi axborot maydonida reklama jamiyatning ajralmas qismiga aylandi. U mahsulot va xizmatlarning bozorda tanilishi, raqobat muhitining rivojlanishi uchun xizmat qiladi. Biroq reklama orqali fuqarolarning huquqlari, axborotga bo‘lgan ishonchi yoki davlat tadbirlarining muhim ahamiyati buzilmasligi ham juda muhim.

Fuqarolardan kelib tushgan Televideniye va radiodagi reklamalarda nimalar taqiqlanadi?  

Mavzusidagi savolga Raqobat qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i Sherzod Mahamadaliyev javob berdi:

— Televideniye va radiodagi reklama talablari O‘zbekiston Respublikasining 2022 yildagi «Reklama to‘g‘risida»gi Qonunning 27-28-moddalaridan belgilab qo‘yilgan.

Televideniye ko‘rsatuvlarida taqdim etiladigan reklamalarda reklama joylashtirish maqsadida davlat tadbirlari va marosimlarining namoyishini uzib qo‘yish, reklama va reklama haqidagi anons, shu jumladan, teledastur anonsi tovushining balandligi darajasini reklama va reklama haqidagi anons bilan uzib qo‘yilgan teledastur va teleko‘rsatuv tovushiga nisbatan balandroq qilib belgilash, teleko‘rsatuvlar namoyish qilinayotganda reklama maqsadlarida harakatlanuvchi satrdan foydalanish, bundan reklama bloki vaqtida foydalanish mustasno.

Teleko‘rsatuvlarga videoplashkalarni (teleko‘rsatuv namoyishi vaqtida ko‘rinib qoladigan tijorat axborotini) joylashtirish, bundan reklamaning o‘zini, shuningdek reklama huquqi asosida efirga chiqariladigan ko‘rsatuvni namoyish etish vaqti mustasno.  

 Bunda videoplashka o‘lchami ekran sathining o‘n foizidan oshmasligi va uning pastki qismida gorizontal holatda joylashtirilgan bo‘lishi kerak.

Birinchi va ikkinchi qismlarining talablari:

- tegishli telekanalda namoyish qilinayotgan teleko‘rsatuvlar to‘g‘risidagi teledasturlarda joylashtiriladigan axborotga;

- teledasturning logotipiga va mazkur teledastur haqidagi axborotga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Radiodagi eshittirishlarda beriladigan reklamalarda qo‘yidagi taqiqlar belgilangan:

Radioda tarqatilayotgan reklamaning, radiodasturlarni reklama bilan uzib qo‘yishning umumiy davomiyligi eshittirish vaqtining bir soati davomida yigirma foizdan, biroq bir sutkada eshittirish vaqtining o‘n besh foizidan oshishi mumkin emas. Ushbu talab eshittirishlari faqat reklama radiodasturlariga ixtisoslashtirilgan radiokanallarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Quyidagilar taqiqlanadi:

– reklama joylashtirish maqsadida davlat tadbirlari va marosimlarining namoyishini uzib qo‘yish;

– reklama va uning anonsi, shu jumladan radioeshittirishlar haqidagi anons tovushining balandligi darajasini reklama va radioeshittirishlar reklamasi haqidagi anons bilan uzib qo‘yilgan eshittirish tovushiga nisbatan balandroq qilib belgilash.

Reklama — iqtisodiyotning qon-tomiri, ammo uning o‘z talablari mavjud. Qonunchilikdagi mazkur talablar orqali bir tarafdan tadbirkorlik uchun imkoniyat yaratiladi, ikkinchi tarafdan esa tomoshabin va tinglovchilar manfaatlari himoya qilinadi.

Nigora Rahmonova, O‘zA