Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rejani birinchi bo‘lib uddalashdi (+video)
17:24 / 2025-06-23

Jizzax viloyatining Paxtakor tumani g‘allakorlari 35 ming 880 tonnadan ortiq sifatli don topshirishdi va viloyatda birinchi bo‘lib, davlatga g‘alla sotish shartnomaviy rejasini ortig‘i bilan bajarishdi.

Paxtakorlik dehqonlar g‘allachilikda har yili davlatga shartnomaviy don sotish rejasini ortig‘i bilan bajarib,  yetakchilikni qo‘ldan bermay kelayotir. Bu yilgi zafarda ayniqsa, tumandagi Amir Temur, “Paxtakor”, “Baxmal” , “Samarqand, “Navbahor” kabi fermer xo‘jaliklari uyushmalari   davlatga g‘alla sotish shartnomaviy rejalarini 110 – 115 foiz qilib ortig‘i bilan uddalashdi va tuman g‘alla xirmonining yuksalishiga munosib hissa qo‘shdilar.     

– Xo‘jaligimiz paxta va g‘allachilikka ixtisoslashgan bo‘lib, umumiy ekin maydonimiz 2320 gektar, shundan 1060 gektariga paxta, 1260 gektariga esa g‘alla ekamiz, – deydi “Samarqand” fermer xo‘jaliklari uyushmasi rahbari Ozod Yusupov. – Barcha agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida bajarganimiz sababli bu yil har yilgidan ko‘ra mo‘l hosil yetishtirdik. Shartnomaviy rejadagi 4129,8 tonna o‘rniga 4200 tonnadan oshirib don sotdik.  Nafaqat tumanda, viloyatda ham birinchilardan bo‘lib rejani bajardik. Hali o‘rim tugamagan. 2 – 3 kun ichida qolgan hosilni ham yig‘ishtirib olamiz.  

[gallery-24014]

Shartnomaviy rejadan tashqari, yetishtirilgan hosilning fermer xo‘jaliklari tasarrufida qolishi esa  qishloq ahli turmush farovonligining yanada yuksalishida muhim ahamiyat kasb etadi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/yxuSYj_qVJg" title="Rejani birinchi bo‘lib uddalashdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat, video), O‘zA