Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Reja belgilanganidan ham ortiq bo‘ldi
15:15 / 2025-10-25

Sirdaryo viloyatidagi Oqoltin tumani paxta terimi bo‘yicha bu yil ham yuksak natijalarga erishib, viloyatda ilg‘orlar safidan joy oldi.

Joriy mavsumda tumanda 13 ming 500 gektar maydonda paxta parvarishlandi. Paxtakor fermerlarning fidokorona mehnatlari natijasida qabul punktlariga 61 ming 50 tonnadan ortiq  paxta topshirildi. Bu bilan shartnomaviy reja 100,5 foizga bajarildi.

Bu yutuqqa erishishda har gektardan o‘rtacha 50–55 sentner hosil olgan “Sahrodagi yuqori hosil”, “Forish o‘g‘lonlari”, “Elbek, Og‘abek, Diyorbek”, “Safar Uchqun”, “Doston Qahhor”, “Saboh”, “Ulug‘bek”, “Semurg‘”, “Oybek G‘iyos” kabi ilg‘or fermer xo‘jaliklari hamda “Bobur qishloq xo‘jaligi” va “Indorama Agro” MCHJ klasterlari muhim rol o‘ynadi.

–  Bu yilgi natija  dehqon va fermerlarimiz mehnatsevarligi, ilg‘or agrotexnologiyalarni amaliyotga joriy etish natijasidir. Har bir maydonda yerga mehr, halol ter to‘kildi, –  deydi tuman Fermerlar kengashi raisi Akbar Tangirov.

Ahamiyatli jihati shundaki, joriy mavsumda hosilning 84 foizga yaqini zamonaviy paxta terish kombaynlari yordamida yig‘ib olindi. Buning uchun fermer xo‘jaliklari va klasterlar balansidagi 60 dan ziyod texnika vositalari safarbar etildi.

Mexanizatsiyalashgan terim nafaqat mehnat tejamkorligini ta’minladi, balki mahsulot tannarxini pasaytirish, terim samaradorligini oshirish va yo‘qotishlarni keskin kamaytirishga xizmat qildi.

Bunday natijalar Oqoltin tumanida mehnat unumdorligini oshirish, ilg‘or agrotexnika tadbirlariga qat’iy rioya qilish va zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish orqali yuqori hosilga erishish mumkinligini yana bir bor namoyish etdi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri