Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Reja bajarildi
17:38 / 2025-06-28

Buxoro viloyati Romitan tumanida joriy yil hosili uchun 315 ta fermer xo‘jaligi tomonidan 6414 gektar maydonda boshoqli don ekinlari parvarishlanib, davlatga 16 ming 386 tonna g‘alla topshirish, bundan tashqari, 3 ming 18 tonna sara don topshirish maqsad qilingandi.

Oylab ter to‘kib qilingan mashaqqatli mehnat mahsulini “Xalqobod”, “Chelong‘u”, “Qo‘rg‘on”, “Nurafshon”, “Yangiobod” hududlaridagi o‘nlab fermer xo‘jaliklari erishgan muvaffaqiyatlar misolida ham ko‘rish mumkin. Bu sub’ektlarda har gektar hosildorligi 75 sentnerni tashkil etayotgani, yana o‘nlab tonna sara bug‘doy fermerlar qo‘li ostidagi mehnat jamoalari ixtiyorida qolayotgani katta yutuq, albatta. Xususan, “Xalqobod Fayz zamini”, “Saida”, “Sherzod”, “Haydar ota”, “Fayz”, “Tong”, “Sardor-2018” kabi fermer xo‘jaliklarida hosildorlik 80 sentnergacha yetkazildi.

Ekinlar zamonaviy texnologiyalar asosida parvarish qilinishi samarasida maysa tuplarida boshoqlar bo‘liqligi ta’minlanib, kutilgan hosil yetishtirildi. Hosilni rivojlanishida tajribali mirishkorlar maslahati asosida ish yuritilgani, suvdan tejab, oqilona foydalanilgani va mahalliy, mineral o‘g‘itlar bilan o‘z vaqtida oziqlantirilib, zamonaviy texnologiyalar asosida parvarishlangani yutuqlar omili bo‘ldi. 

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.