Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Reja amalga oshmadi
15:36 / 2021-12-01

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idora vakillari bilan hamkorlikda Buxoro tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda fuqaro T.J. pirotexnika vositalarini sotish maqsadida olib kelayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan to‘xtatib qolindi. Shundan so‘ng fuqaro T.J.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganida, ushbu shaxs o‘z xonadonida umumiy qiymati 23 million so‘mlik, 59 ming 400 dona pirotexnika vositalarini noqonuniy ravishda saqlayotgani aniqlandi.

O‘tkazilgan yana bir tadbirda fuqaro Q.J. shartli xaridorga jami 7 million so‘mlik 18 ming dona pirotexnika vositalarini sotmoqchi bo‘lgan vaqtda qo‘lga olindi. Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1851-moddasida hamda Jinoyat kodeksining 2501-moddasida pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlik va jazo choralari belgilangan.

 

Zarif Komilov, O‘zA