Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Registonda tarixiy konsert boshlandi
20:52 / 2025-09-01

Samarqand shahridagi Registon maydonida ilk bor italiyalik qo‘shiqchi Andrea Bochellining jonli ijrodagi konserti boshlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston Milliy banki hamda “O‘zsanoatqurilishbank” ko‘magida tashkil etilgan konsert dasturini yurtdoshlarimiz bilan birga xorijlik mehmonlar, ayni paytda mamlakatimizda bo‘lgan sayyohlar tomosha qilmoqda.

Konsertda jahonning yetakchi opera xonandalaridan biri – Aida Garifullina, O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri va mamlakatning yetakchi xor jamoalari qatnashmoqda.

G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari