Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Regbichilar musobaqasi
16:35 / 2017-03-27

Toshkent viloyatidagi “Do‘stlik” stadionida regbi bo‘yicha erkaklar o‘rtasida Osiyo chempionatining uchinchi divizion bahslari bo‘lib o‘tmoqda.

Toshkent viloyatidagi “Do‘stlik” stadionida regbi bo‘yicha erkaklar o‘rtasida Osiyo chempionatining uchinchi divizion bahslari bo‘lib o‘tmoqda.

Mamlakatimizda har tomonlama barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga keng jalb etish, ularning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun qulay sharoit yaratishga qaratilayotgan doimiy e’tibor samarasida boshqa sport turlari qatori regbi ham tobora ommalashib bormoqda.

O‘zbekiston regbi federatsiyasi 2006-yili Osiyo regbi uyushmasiga a’zo bo‘lgan, 2014-yil 14-mayda Xalqaro regbi kengashining to‘la huquqli a’zoligiga qabul qilingan.

Bugungi kunda ushbu sport turiga qiziquvchi yoshlardan iborat jamoalar ishtirokida erkaklar va xotin-qizlar o‘rtasida mamlakat chempionati, turli musobaqalar muntazam o‘tkazib kelinmoqda. Mashg‘ulot va musobaqalarni zamonaviy talablar darajasida tashkil etish, xalqaro maydonda yuksak natijalar ko‘rsatishga qodir sportchilarni tayyorlash, terma jamoalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Regbi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi qit’a miqyosidagi musobaqalarda muntazam qatnashib kelayotir.

Regbi bo‘yicha Osiyo chempionati uchinchi divizion bahslarining ilk uchrashuvida O‘zbekiston terma jamoasi eronlik raqiblari bilan kuch sinashdi. Keskin va murosasiz kechgan qarama-qarshilikda 13:13 hisobi qayd etildi.

– O‘zbekiston terma jamoasi hali yosh bo‘lsa-da, juda kuchli. Yigitlar baquvvat va chayir. Eron jamoasi regbi bilan o‘n ikki yildan buyon muntazam shug‘ullanib kelayotganiga qaramay, bugun mezbonlar bilan o‘ynash oson bo‘lmadi. Oldinlari ikkinchi divizionda o‘ynaganmiz, maqsadimiz yana ikkinchi divizionga qaytish, – deydi Eron terma jamoasi katta murabbiyi Hamid Rizo.

Navbatdagi bahs 28-mart kuni bo‘lib o‘tadi. Shu kuni Eron terma jamoasi livanlik regbichilar bilan kuch sinashsa, 31-mart kuni musobaqaning so‘nggi bellashuvida O‘zbekiston terma jamoasi Livan termasiga qarshi maydonga chiqadi.

Mazkur jamoalar g‘olibi ikkinchi divizion bahslarida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.