Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Regbichi qizlar bayram bahslariga tayyorlanmoqda
12:11 / 2022-02-22

Mamlakatimiz sportchilarini, xususan, o‘yin sport turlari vakillarini 2024 yili Fransiyaning Parij shahrida bo‘lib o‘tadigan yozgi olimpiya o‘yinlarida ishtirokini ta’minlash ustuvor vazifalardan biridir.

Parij-2024 o‘yinlarida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritish, iste’dodli sportchilarni saralash orqali mamlakat terma jamoasini shakllantirish borasidagi ishlar O‘zbekiston Regbi federatsiyasida ham tizimli tarzda olib borilmoqda.

O‘tgan oy davomida joylardagi regbi jamoalarida o‘quv-mashg‘ulotlari o‘tkazilgan bo‘lsa, shu kunlarda yurtimiz regbichi qizlari 4-5 mart kunlari Xalqaro xotin-qizlar bayramiga bag‘ishlangan turnirga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Mazkur turnirda 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smir-qizlar o‘rtasida Andijon, Farg‘ona, Namangan, Sirdaryo, Navoiy, Xorazm, Qoraqalpog‘iston va Toshkent shahar jamoalari ishtirok etishi kutilmoqda.
Ayni kunlarda O‘zbekiston Regbi federatsiyasida ushbu musobaqani yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, hakam va murabbiylar uchun onlayn seminarlar, jamoalarning sportchilari uchun mashg‘ulot jarayonlari tashkil etilmoqda.

Yurtimizning yosh sportchi qizlari uchun katta sport bayrami bo‘ladigan turnirda Qozog‘iston ayollar jamoasining ham ishtirok etishi kutilmoqda.

Musobaqalar poytaxtimizdagi yengil atletika va o‘yin sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi majmuasida bo‘lib o‘tadi.

To‘lqin RO‘ZIEV, O‘zA