Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Regbi-7" turnirida poytaxtlik qizlar g‘olib
14:49 / 2023-03-06

Yurtimizda 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan sport turlari bo‘yicha bir qator turnirlar o‘tkazilmoqda. Bu musobaqalar orqali ayollarimizning salomatligi mustahkamlanib, xalqaro musobaqalarda vatanimiz sharafini himoya qiladigan jamoalarning mahorati yanada oshirilmoqda.

Kuni kecha "Regbi-7" bo‘yicha poytaxtimizda poyoniga yetgan respublika turniri ham ayni maqsadlarga xizmat qildi.  

Mamlakatimizning sakkizta hamda qo‘shni Qozog‘iston Respublikasining 2 ta jamoasi turnirda ikkita guruhga bo‘lingan holda sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib bordi.  

Shiddatli kurashlarga boy tarzda kechgan musobaqalarda Toshkent, Namangan va Xorazm jamoalari covrinli o‘rinlarni egalladi.  

T.Ro‘ziyev, O‘zA