Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Regbi-7: O‘zbekiston kubogining g‘oliblari Chirchiqda aniqlandi
14:56 / 2022-09-12

Chirchiq shahrida joylashgan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti stadionida regbi-7 bo‘yicha erkaklar va ayollar jamoalari o‘rtasida o‘tgan mamlakat kubogi bahslari har qachongidan ham murosasiz kechdi.

Ikki kun mobaynidagi bahslarda erkaklar jamoalari o‘rtasida sovrinli o‘rinlar Toshkent, Xorazm va Navoiy viloyati vakillariga nasib etgan bo‘lsa, ayollar o‘rtasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoasi bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar Namangan hamda Xorazm vakilalariga nasib etdi.

Musobaqalar davomida turnirning eng yaxshi o‘yinchilari ham aniqlandi. Unga ko‘ra, Ilya Sokolov erkaklar o‘rtasida, Aynura Abziyeva qizlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogining eng yaxshi o‘yinchilari, deb topildi.

Musobaqa g‘oliblari va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi. Taqdirlash marosimida Chirchiq shahar hokimi Davron Hidoyatov, Toshkent viloyati hokimining o‘rinbosari Jamshid Bobojonov, Toshkent viloyati regbi federatsiyasi raisi Murodjon Nosirov ishtirok etishdi.

 

T.Ro‘ziyev, 
O‘zA