Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Regbi-7: O‘zbekiston chempionatining dastlabki tur o‘yinlari yakunlandi
10:40 / 2023-04-04

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti sport majmuasida regbi-7 bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida mamlakat chempionatining dastlabki tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Respublikamizning turli hududlaridan 15 ta erkaklar va 8 ta ayollar jamoalari ishtirok etgan birinchilikda erkaklar o‘rtasida O‘zMU-1 jamoasi, ayollar o‘rtasida Qoraqalpog‘iston jamoalari peshqadamlikka erishdi.  

Musobaqa nizomiga ko‘ra, chempionat g‘olib va sovrindorlari yil davomida tashkil etiladigan 4 ta tur o‘yinlari yakuni bo‘yicha aniqlanadi.  

O‘zbekiston chempionatining keyingi tur uchrashuvlari may oyida Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida o‘tkaziladi.  

 

T.Ro‘ziyev,  

O‘zA