Mamlakatimizda keyingi yillarda o‘yin turlari bo‘yicha ichki chempionatlarni tizimli o‘tkazish, sportchilar ko‘nikmasini shakllantirib borish borasida zarur ishlar olib borilmoqda.
Kuni kecha poytaxtimizdagi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti sport maydonida olimpiya sport turi bo‘lgan regbi-7 bo‘yicha qizlar o‘rtasida “Talabalar ligasi” tashkil etildi.
Mamlakatimizning 7 ta oliy o‘quv yurti talabalaridan tashkil topgan jamoalar o‘rtasidagi bahslar natijasiga ko‘ra, bosh sovrin O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga nasib etdi. 2-o‘rin Nukus davlat universiteti talabalariga, kuchli uchlikni esa Milliy universitet vakilalari egallashdi.
O‘zbekiston regbi federatsiyasi mutaxassislarining ta’kidlashlaricha, ushbu musobaqada ishtirok etgan iqtidorli sportchi qizlar terma jamoa tarkibiga jalb etiladi.
Musobaqa so‘nggida g‘olib va sovrindor jamoalar, alohida mahorat ko‘rsatgan sportchilar munosib taqdirlandi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA