English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Reformatiks” konsalting kompaniyasi mutasaddilari Buxoroda
14:10 / 2025-10-11

Buxoro viloyat hokimi Botir Zaripov “Reformatiks” konsalting kompaniyasi hamkori va katta direktori Tamara Kovziridze hamda Gruziya Tashqi ishlar vazirligi va boshqa davlat tuzilmalarida bir qator mas’uliyatli lavozimlarda ishlagan diplomat Otar Berdzenishvilini qabul qildi.

Dastlab viloyat hokimi xorijiy kompaniya vakillariga ko‘p ming yillik tarixga ega Buxoroning o‘tmishi va buguni, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, ayniqsa, turizm salohiyatiga doir imkoniyatlari, bu borada chet el sarmoyadorlariga yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar xususida atroflicha ma’lumot berdi. 

O‘z navbatida, viloyat hokimiga Buxorodagi samimiy qabul va mehmondo‘stlik uchun  minnatdorligini bildirgan xorijiy ekspertlar ikki tomonlama muloqot konstruktiv va tashkiliy ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi. Bunda boy tarixiy qadriyat va merosiga ega hudud turizm salohiyatini to‘liq namoyish etish, uning kelgusidagi barqaror rivojiga daxldor istiqbolli loyihalar muhokamasiga e’tibor qaratdi.

Davlat rahbarining topshirig‘iga asosan, “Reformatiks” konsalting kompaniyasi ekspertlarining mamlakatimizga o‘nga yaqin tashrifi amalga oshirildi. Ekspertlarning hududlardagi turistik manzillarga  tashriflari natijasida sayyohlik infratuzilmasini shakllantirish, yangi turistik mahsulotlar yaratish hamda xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha istiqbolli takliflar ishlab chiqildi. Shuningdek, amalga oshirilgan o‘rganishlar asosida yurtimizda turizmni 2040 yilgacha rivojlantirish strategiyasi loyihasining 9 ta yo‘nalishi bo‘yicha 2 ta oraliq hisobot taqdim etildi.

Shu yilning 8-20-oktyabr kunlari mazkur kompaniya ekspertlarining yurtimizga navbatdagi tashrifidan ko‘zlangan asosiy maqsad tarixiy ahamiyatga ega hududda turizm sohasida istiqboldagi yirik loyihalar, xalqaro hamkorlik imkoniyatlari, qolaversa, sohani rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan kreativ taqdimotlarni amalga oshirishdir. 

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.