Referent narxlari qayd etilmagan dori vositalarini sertifikatlashtirish taqiqlanadi
“Aholini sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori bilan bemorlarni shifoxonada dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash belgilandi.
Dastlab respublika darajasidagi shifoxonalarda 2023 yil davomida tajriba-sinov tariqasida amalga oshiriladi. Ularga xarajatlar smetasi bo‘yicha ajratilishi ko‘zda tutilgan mablag‘lar hisobidan kafolatlangan tibbiy xizmatlar va dori vositalari paketi doirasida xarid qilinadigan dori vositalari va tibbiy buyumlar bepul, qolgan hollarda pullik asosda shifoxonaga kirim qilingan narxlarda amalga oshiriladi. Bunda, shifoxona tomonidan xarid qilinadigan dori vositalarining narxi belgilangan ulgurji referent narxlaridan yuqori bo‘lmasligi lozim.
Shuningdek, 2023 yil 1 iyuldan boshlab referent narxlari qayd etilmagan yoki qayd etilgan narxdan yuqori bo‘lgan dori vositalarini sertifikatlashtirish taqiqlanadi.
O‘zA