English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Referendumda shaffoflikni ta’minlashda OAVning o‘rni muhim 
10:35 / 2023-04-14

Mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon —  Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasining referendumiga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda. Mazkur jarayonlarning ochiqligi, oshkoraligi va shaffofligini ta’minlashda ommaviy axborot vositalarining o‘rni muhim. Shu bois qonunchiligimizda belgilangan tartib-qoidalar asosida Markaziy saylov komissiyasi tomonidan mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish ishlari amalga oshirilmoqda.

Markaziy saylov komissiyasining ma’lumotlariga ko‘ra,  akkreditatsiyadan o‘tkazilgan mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillarining soni 496 nafarni tashkil etmoqda. Jumladan, mahalliy OAVdan: 44 ta teleradiokanal, 30 ta bosma OAV, 5 ta internet nashrlari hamda 2 ta axborot agentligining 470 nafar vakillari akkreditatsiyadan o‘tkazilgan. Xalqaro 19 ta OAV tashkilotining 26 nafar vakillari akkreditatsiyadan o‘tkazilgan. 

Markaziy saylov komissiyasi tomonidan OAV vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha hujjatlarni qabul qilish davom etmoqda. Qonunchiligimizga ko‘ra, OAV vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi murojaatlar MSK tomonidan 2023 yil 19 aprel soat 18:00 ga qadar qabul qilinadi. 

Ta’kidlash joizki, akkreditatsiyadan o‘tgan mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni munosib o‘tkazish borasida amalga oshirilayotgan barcha jarayonlarni keng yoritmoqda. Jumladan, xorijiy ommaviy axborot vositalarida mamlakatimizdagi mazkur jarayonlar muntazam keng yoritib kelinmoqda. Bu esa xalqaro maydonda ham yurtimizdagi Konstitutsiyaviy islohotlarga katta qiziqish bilan qaralayotganidan darak beradi.

M.Komilova, O‘zA