Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Referendumda davlat va jamoat arboblari ham faol ishtirok etmoqda
16:06 / 2023-04-30

O‘zbekiston bo‘ylab referendumda ovoz berish davom etmoqda.

Kuzatuvlarimizdan xulosa qilish mumkinki, ertangi kunimizni belgilaydigan muhim hujjat – Konstitutsiyamiz yangi tahrirda qabul qilinishi jarayonlariga hamma mas’uliyat bilan yondashmoqda. Referendumda ovoz berishda fuqarodan tortib, davlat va jamoat arboblari ham faol ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov oila a’zolari bilan birga Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 522-referendum uchastkasiga tashrif buyurib, referendumda ovoz berdi.

Ta’kidlash joiz, Konstitutsiyaviy islohot – bugunning talabi, ertaning kafolatidir. Konstitutsiyada inson huquq va erkinliklari kafolati yanada kuchaytirilayotgani bilan ahamyatlidir. Qulay mehnat sharoitida ishlash, adolatli xaq olish, davlat hisobidan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmiga ega bo‘lish, shaharsozlik, byudjet sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish kabi xuquqlarning kiritilishi fuqarolarning iqtisodiy va ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytiradi.

Sh.MAMATUROPOVA, O‘zA